×

Germaniya: Bakalavriat uchun 50 foizlik grantlar


Grant

MUHLAT

15.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1902 marta

Germaniyaning Maynts shahrida joylashgan European Management School EMS Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur bir yilgacha moʻljallangan. Grant universitetga o`qishga kirgan balalavriat talabalariga beriladi. Grantga nomzodlar yuqori bilimli, a’lochi va ijtimoiy faol bo`lishi lozim. Shuningdek, grant yiliga 2 nafar talabaga beriladi. Grant o`qish pulini qisman qoplaydi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o`qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

European Management School bakalavr kurslarida chet ellik talaba bir yilga taxminan 9300 yevro kontrakt to`ʻlab oʻqiydi. Grant yutib olgan nomzodga bir yil davomida kontrakt pulining 50 foizi qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod olygoh bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi/kirishi kerak.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi lozim.
  • Nomzod ijtimoiy faol boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga European Management School bakalavr kurslaridan birirga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Shunin uchun avval oʻqishga hujjat topshirish lozim. Oliygohga kirish onlayn tarzda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Grantga esa alohida ariza topshiriladi. Chet ellik talabalar uchun grantga ariza dedlayni 2019-yil 15-maygacha.

Hujjat topshirishdan oldin dedlayn va hujjatlar tarkibi haqida tanlangan kurs sahifasidagi ma’lumotlar orqali batafsil o`rganib chiqing.

Hujjat topshirish tartibi va tarkibi (oʻqishga kirish uchun):

  • Avval attestat/diplomning oliygoh talablariga mosligini aniqlash lozim. http://anabin.kmk.org/anabin.html sahifasi yoki admissions@ems.de elektron pochtasi orqali buni tekshirish mumkin.
  • Ariza onlayn tarzda yoki qog`oz variantda topshirish mumkin.
  • CV/rezyume.
  • Raqamli fotosurat (JPEG formatida boʻlishi kerak).
  • Attestat/diplom nusxalari. Nusxalar ingliz yoki nemis tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo`lishi lozim. Tarjima hujjatning originali nusxasi bilan birga topshiriladi.
  • Diplom ilovasi nusxasi. Nusxalar ingliz yoki nemis tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo`lishi lozim. Tarjima hujjatning originali nusxasi bilan birga taqdim etiladi.
  • Passport nusxasi. Pasportning turar joy va viza muhri qo`yilgan sahifalari nusxasi ham beriladi.
  • Ingliz tili sertifikati (IELTS kamida 6,5 yoki boshqa shunga ekvivalent sertifikat bo`lishi kerak).

Agar hujjatning qogʻoz shaklini topshirishni istasangiz, yuqoridagi hujjatlarning barchasini dedlayn muddatigacha quyidagi manzilge yetkazing:

European Management School (EMS)
Admissions Office
Rheinstrasse 4 L
55116 Mainz
Germany

Grantga ariza berish. Grantga ariza Uni Assist platformasi orqali topshiriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • Motivatsion xat.
  • Ijtimoiy tdbirlarda ishtiroki.
  • Attestat/diplom ilovasi.
  • O`qituvchidan tavsiyanoma yoki ijtimoiy tadbirlarda qatnashganligini tasdiqlovchi hujjat topshiriladi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • A’lo baholari.
  • Ijtimoiy tadbirlardagi ishtiroki.
  • Volontyorlik faoliyati.
  • Moddiy yordamga muhtojligi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga 2019-yil iyul oyi oʻrtalarida xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +49 (6131) 88 0 55 31.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!