Germaniyaning Bremen shahrida joylashgan Jacobs University o’zining bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalariga Five Full Tuition Scholarships grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2020-yil kuzda boshlanadigan bakalavr hamda magistratura kurslariga hujjat topshirgan talabalar uchun mo’ljallangan. Joriy yilda ikki yo’nalish bo’yicha jami besh nafar talabaga grant ajratiladi:
- Scholarships for women in STEM – science, technology, engineering yoki mathematics yo’nalishida oliygohga hujjat topshirgan ayol-qizlar uchun. O’rinlar soni 2 ta.
 - 3 Scholarships, 1 per Focus Area – Mobility, Health va Diversity yo’nalishlarining har biri uchun 1 tadan: jami 3 nafar talabaga grant ajratiladi.
 
Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan talabalarning har biriga o’qish to’lovi 100 foiz to’lab beriladi. Grant bakalavr kursi uchun 3 yil, magistratura kursi uchun 2 yil davomida beriladi.
Grant turar joy xarajatlari (bir o’quv yili uchun 8 000 evro) va universitetning umumiy to’lovini (hozirda bir o’quv yili uchun 650 evro) qoplamaydi.
Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan shu yerda va shu yerda tanishing.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
 - Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Jacobs University bakalavr/magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi/qabul qilinishi kerak.
 - Nomzod universitetning qabul talablariga javob berishi kerak.
 - Nomzod ingliz/nemis tilini yaxshi bilishi kerak.
 - Nomzod o’zida kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
 - Qisqa qilib aytganda, grantni yutib olish uchun nomzod akademik jihatdan eng sara talaba bo’lishi zarur.
 
Dasturga qabul jarayoni:
- Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida hujjat topshirish talab etilmaydi. Buning uchun nomzod Jacobs University`ning yuqorida qayd etilgan yo’nalishlari bo’yicha 2020-yilning kuzida boshlanadigan bakalavr/magistratura kurslariga shu yilning 1-apreliga qadar hujjatlarini topshirishi kerak.
 - Saralash bosqichi natijalari 14-aprelda ma’lum qilinadi.
 - Keyingi bosqichga otgan nomzodlar bilan 15-21 aprel kunlari Skype orqali suhbat o’tkaziladi.
 - Yakuniy natijalar 2020-yil 24-aprelda e’lon qilinadi.
 
Kerakli hujjatlar (umumiy):
- Bakalavr kursi uchun onlayn ariza.
 - Magistratura kursi uchun onlayn ariza.
 - Bakalavr kursi uchun yuqori maktab shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomi.
 - Magistratura kursi uchun bakalavr diplomi.
 - Baholar/diplom ilovasi.
 - Tilni o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat.
 - Tavsiyanoma (bakalavr uchun 1 ta, magistratura uchun 2 ta).
 - ACT/SAT sartifikatlari (agar talab qilinsa).
 - CV/Rezume.
 - Motivatsion xat.
 - Ba’zi yo’nalishlar uchun qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
 
Kurslar bo’yicha hujjatlarga qo’yilgan talablar shu yerda batafsil yoritilgan.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun:
Tel: +49 421 200 40
E-mail: info@jacobs-university.de yoki study@jacobs-university.de


            

