×

Germaniya: bakalavriat va magistratura kurslari uchun to’liq grant; yillik stipendiya – 6 000 yevro!


Grant

MUHLAT

01.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3738 marta

Germaniyaning Bremen shahrida joylashgan Jacobs University o’zining bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalariga Five Full Tuition Scholarships grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2020-yil kuzda boshlanadigan bakalavr hamda magistratura kurslariga hujjat topshirgan talabalar uchun mo’ljallangan. Joriy yilda ikki yo’nalish bo’yicha jami besh nafar talabaga grant ajratiladi:

  1. Scholarships for women in STEM – science, technology, engineering yoki mathematics yo’nalishida oliygohga hujjat topshirgan ayol-qizlar uchun. O’rinlar soni 2 ta.
  2. 3 Scholarships, 1 per Focus Area – Mobility, Health va Diversity yo’nalishlarining har biri uchun 1 tadan: jami 3 nafar talabaga grant ajratiladi.

 Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalarning har biriga o’qish to’lovi 100 foiz to’lab beriladi. Grant bakalavr kursi uchun 3 yil, magistratura kursi uchun 2 yil davomida beriladi.

Grant turar joy xarajatlari (bir o’quv yili uchun 8 000 evro) va universitetning umumiy to’lovini (hozirda bir o’quv yili uchun 650 evro) qoplamaydi.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan shu yerda va shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Jacobs University bakalavr/magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi/qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod universitetning qabul talablariga javob berishi kerak.
  4. Nomzod ingliz/nemis tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod o’zida kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  6. Qisqa qilib aytganda, grantni yutib olish uchun nomzod akademik jihatdan eng sara talaba bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida hujjat topshirish talab etilmaydi. Buning uchun nomzod Jacobs University`ning yuqorida qayd etilgan yo’nalishlari bo’yicha 2020-yilning kuzida boshlanadigan bakalavr/magistratura kurslariga shu yilning 1-apreliga qadar hujjatlarini topshirishi kerak.
  • Saralash bosqichi natijalari 14-aprelda ma’lum qilinadi.
  • Keyingi bosqichga otgan nomzodlar bilan 15-21 aprel kunlari Skype orqali suhbat o’tkaziladi.
  • Yakuniy natijalar 2020-yil 24-aprelda e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Bakalavr kursi uchun onlayn ariza.
  2. Magistratura kursi uchun onlayn ariza.
  3. Bakalavr kursi uchun yuqori maktab shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomi.
  4. Magistratura kursi uchun bakalavr diplomi.
  5. Baholar/diplom ilovasi.
  6. Tilni o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat.
  7. Tavsiyanoma (bakalavr uchun 1 ta, magistratura uchun 2 ta).
  8. ACT/SAT sartifikatlari (agar talab qilinsa).
  9. CV/Rezume.
  10. Motivatsion xat.
  11. Ba’zi yo’nalishlar uchun qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Kurslar bo’yicha hujjatlarga qo’yilgan talablar shu yerda batafsil yoritilgan.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +49 421 200 40

E-mail: info@jacobs-university.de yoki study@jacobs-university.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!