Germaniyaning Bremen shahrida joylashgan Jacobs University o’zining bakalavr va magistratura bosqichidagi talabalariga Five Full Tuition Diversity Scholarships grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2019-yil kuzda boshlanadigan bakalavr hamda magistratura kurslariga qabul qilingan, besh qit’adan bo’lgan besh nafar talaba uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli xorijlik talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 5 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:
- Talabaning kontrakt puli to’liq qoplanadi – bakalavr talabalari uchun 3 yil, magistratura talabalari uchun 2 yil.
- Oliygoh xarajatlari to’lab beriladi – hozirda yiliga tahminan 650 yevro (tahminan 730 AQSh dollari).
- G’olibga kundalik harajatlar uchun yillik 6 000 yevro (tahminan 6 743 AQSh dollari) stipendiya ajratiladi.
G’oliblarga turar joy va safar xarajatlari uchun mablag’ ajtarilmaydi.
Universitetda o’qish uchun sarflanadigan harajatlar bilan bu yerda batafsil tanishing.a
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod Germaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
- Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Jacobs University bakalavr/magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi/qabul qilinishi kerak.
- Nomzod ingliz/nemis tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
- Qisqa qilib aytganda, grantni yutib olish uchun nomzod akademik jihatdan eng sara talaba bo’lishi zarur.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida hujjat topshirish talab etilmaydi. Buning uchun nomzoddan Jacobs Universityning 2019-yilning kuzida boshlanadigan bakalavr/magistratura kurslariga shu yilning 1-mayiga qadar hujjatlarini topshirish talab etiladi. 2019-yil kuzda boshlanadigan kurslarga qabul qilingan talabalar ham grant uchun nomzod hisoblanadilar.
Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlardan berilgan mavzu bo’yicha vodeorolik tayyorlashlari so’raladi. Nomzodlar orasidan eng iqtidorli, yuqori potensialli va ulkan akademik yutuqlarga erishgan ishtirokchilar stipendiant sifatida tanlab olinadi.
Muhim sanalar:
- 2019-yi 1-may – hujjat topshirish nihoyasiga yetadi.
- 2019-yil 15-may – saralash bosqichidan o’tgan nomzodlardan berilgan mavzu bo’yicha videorolik tayyorlashlari so’raladi.
- 2019-yil 24-may – natijalar e’lon qilinadi.
Universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlarning tahminiy ro’yxati:
- Bakalavr kursi uchun onlayn ariza.
- Magistratura kursi uchun onlayn ariza.
- Bakalavr kursi uchun yuqori maktab shahodatnomasi yoki litsey/kollej diplomi.
- Magistratura kursi uchun bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- Tilni o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat.
- Tavsiyanoma.
- ACT/SAT sartifikatlari (agar talab qilinsa).
- CV/Rezume.
- Nomzodning tanlagan yo’nalishiga qarab suhbatdan o’tish, partfolio jamlanmasini topshirish yoki boshqa qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Kurslar bo’yicha hujjatlarga qo’yilgan talablar bu yerda batafsil yoritilgan.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun:
Tel: +49 421 200 4200