×

Germaniya: Bakalavr va magistrlar uchun qisqa muddatli til kurslari; kurs va yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

30.10.2025

QOLGAN VAQT

42 kun

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

23193 marta

Germaniyaning DAAD tashkiloti turli nemis universitetlarida tashkil etilgan qisqa kurslar uchun University Summer Courses offered in Germany for Foreign Students and Graduates dasturini taklif etadi. Dastur bakalavr va magistratura bosqichlari talabalari uchun moʻljallangan. Dastur maqsadi – talabalarga nemis tili yoki turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻz bilimlarini kengaytirishga imkon berish. Dasturda Germaniyaning oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan bir necha haftalik qisqa kurslar mavjud. DAAD grant yutgan talabalar uchun bu kurslarda qatnashishni moliyalashtirib beradi. Universitet qisqa kurslari kamida 18 kun (haftasiga ko’pi bilan 5 kun, 25 soat o’qish) davom etadi va iyundan sentabrgacha oraliqda boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oʻqiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Til kursi toʻlovi toʻlab beriladi.
  • Kurs davomida turar joy taʼminlanadi.
  • 450 yevro miqdorida bir martalik mablagʻ beriladi.
  • Safar xarajatlari uchun muayyan miqdorda mablagʻ beriladi.
  • Tibbiy sugʻurta, baxtsiz hodisalarga qarshi surgʻurta va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod magistratura yoki bakalavr bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi va grant ajratiladigan vaqtda kamida 18 yoshda boʻlishi zarur.
  • Bakalavriat talabalari til kursi boshlanganida (2026-yil iyun-sentabr oylari) kamida 2 oʻquv yilini tugatgan boʻlishi kerak.
  • Nomzodlar ariza topshirish vaqtida va Germaniyadagi til kursida qatnashish vaqtida oʻz vatanidagi universitetning talabasi boʻlib turishi kerak.
  • Oldin bu grantni yutganlar yana ariza topshira olmaydi.
  • Nomzod nemis tilini kamida A2 darajasida bilishi zarur. Hujjat topshirish jarayonida nomzodning nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (sertifikat) ham taqdim etilishi kerak boʻladi, bu hujjat olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi zarur. Nemis tilini bilish darajasini onSET-Deutsch, TestDaF, Goethe Institut–Nachweis, DSD, DSH, telc Deutsch, ÖSD-Zertifikat sertifikatlari tasdiqlashi mumkin.

Barcha talablar shu yerda berilgan (Application Requirements).

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dastur uchun arizalar 2025-yil 30-oktabrgacha qabul qilinadi.

Arizalar DAAD portali orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. Bunda dastlab DAAD portalida roʻyxatdan oʻtish lozim. DAAD portalida roʻyxatdan oʻtish haqidagi qoʻllanma bilan BU YERDA tanishing.

Grantga ariza topshirish haqidagi qoʻllanma bilan BU YERDA tanishing.

Ariza topshirishda portalga quyidagi hujjatlarni yuklashin kerak:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume (nemis tilida).
  3. Motivatsion xat (nemis tilida).
  4. Oxirgi ikki yilda olingan baholardan koʻchirma (nemis yoki ingliz tilida).
  5. Universitet diplomi nusxasi (magistrlar uchun) yoki maktab attestati / kollej yoki litsey diplomi nusxasi (bakalavriat talabalari uchun). Bu hujjat ham ingliz yoki nemis tilida boʻlishi yoki shu tillardan biriga qilingan tarjimasi bilan birga topshirilishi kerak.
  6. Til sertifikat(lar)i.
  7. Siz ushbu dastur uchun muhim deb oʻylagan boshqa hujjatlar nemis yoki ingliz tiliga qilingan tarjimasi bilan birga (masalan, amaliyot oʻtaganlik yoki ishlayotganlikni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar).

Nomzodlar ilgari erishgan yutuqlari, motivatsion argumentlari va nemis tilini bilish darajalariga koʻra saralanadilar. Grant dasturiga qabul qilingan talabalar DAAD tomonidan oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha turli nemis universitetlari kurslariga taqsimlanadilar.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!