×

Germaniya: Bakalavriat va magistratura uchun 300 yevro stipendiya


Grant

MUHLAT

16.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2659 marta

Germaniyaning Ruhr-Universität Bochum Deutschlandstipendium dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitetning bakalavriat va magistratura kurslariga o`qishni istagan talabalarga moʻljallangan. Grant yutib olgan nomzodlar yuqori bilimli va salohiyatli, a’lochi, jamoat ishlarida faol bo`lishi talab etiladi. Grant bir yil muddatga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat va magistratura kurslarida kontrakt to`lovi bir semestrga 326 yevroni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodga bir yilgacha har oyda 300 yevro stipendiya beriladi.

Grant nomzodning o`qish pulini to`liq qoplamaydi, turar joy, ovqatlanish kabi qo`shimcha xarajatlarini to`lamaydi. Ularni talaba o`zi to`lashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzodning attestat/kollej/bakalavr diplomi boʻlishi kerak.
  • Nomzod “a’lo” yoki “yaxshi” bahoga o`qigan bo`lishi lozim.
  • Nomzod ingliz va/yoki nemis tilini yaxshi bilishi va a’lochi bo`lishi zarur. Tilni qay darajada yaxshi bilish kerakligini tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavriat yoki magistratura kuraslarida o`qish uchun beriladi. Shuning uchun dastlab o`qishga hujjat topshiring. Keyin alohida grant dasturga hujjat topshiriladi. Grant va o`qishga 2019-yilning 16-mayigacha hujjat topshirish mumkin.

O`qishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab http://international.ruhr-uni-bochum.de/bewerbung/schritte.html.en sahifasiga kiramiz.
  2. Choose degree programme sahifasidan kerakli bosqich va kursni tanlaymiz.
  3. Financing and costs bo`limiga kirib o`qish haqi bilan tanishamiz.
  4. Higher education entrance qualification topshiriladigan hujjatlar tarkibi va talablar haqidagi ma’lumotlarni o`rganib chiqamiz.
  5. Language requirements sahifasida til bilish darajasi qanday bo`lishi kerakligi ko`rsatilgan.
  6. Online application bo`limiga kirib ariza to`ldiramiz.

 

Grantga ariza topshirish. Grantga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza shaxsiy ma’lumotlar, o`rtacha baho, diplom ilovasi/baholar varag`i, 500 ta so`zgacha hajmda ijtimoiy faolligi haqida ma’lumot va motivatsion xatni ichiga oladi.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza.
  • Diplom nusxalari. Diplomlar nemis oliygohlarida qabul qilish talablariga mos kelishi kerak.
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili/nemis tili sertifikati. Til bilish darajasi tanlagan kurs va tehsil beriladigan guruhga qarab turlicha. Shuning uchun buni tanlagan kursingizdam aniqlang.
  • Motivatsion xat (500 tagacha so`z).
  • CV/rezyume.
  • Tavsiyanoma so`ralishi mumkin.
  • Tanlangan kursning sohasiga qarab qo`shimcha GMAT/GRE/ACT kabi sertifikatlar so`ralishi mumkin.

Nomzodlar a’lo baholari, ijtimoiy faolligi, liderlik qobiliyati kabi mezonlar asosida saralanadi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga 2019-yil oktyabr oyida xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: bildungsfonds@rub.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!