×

Germaniya: barcha bosqichlar uchun 850 yevrogacha oylik stipendiya va tibbiy sug’urta!


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3461 marta

Germaniyada o’qish uchun DAAD grant dasturi doirasida taqdim etiladigan Friedrich Ebert Foundation: Scholarship for International Students (FES) stipendiyalari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Germaniyada barcha bosqichlarda o’qish va tadqiqot olib borish uchun chet ellik talabalarga beriladi. Stipendiyalar tibbiyot sohasidan tashqari barcha yo’nalishlar uchun beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, tadqiqot, magistratura va PhD dasturlarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

FES stipendiyasini yutib olgan talaba:

  • Bakalavr kurslari uchun 750 yevro, magistratura kurslari uchun 850 yevro miqdorida oylik stipendiya;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Oilasi bilan birga kelgan talabaga qo’shimcha 276 yevro oylik mablag’;
  • Va grant tashkiloti mutaxassisidan shaxsiy ko’mak olish imkoniga ega bo’ladi.

Dastur doirasida 40 nafar atrofida talabaga stipendiya ajratiladi.

Talablar:

  • Nomzod Germaniyada joylashgan oliy ta’lim muassasalaridan biriga bakalavr, magistratura yoki tadqiqot uchun o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi yoki topshirishi kerak. Grant uchun ariza topshirayotganda universitetga qabul qilinganligingiz to’g’risida ma’lumotnoma talab etiladi.
  • Nomzod nemis tilini Goethe Institute tomonidan taqdim etiladigan DSH 2, Test Deutsch als Fremdsprache 4 yoki Zertifikat C 1 darajasida bilishi kerak. Nomzoddan ingliz tilini ham yaxshi bilish talab etiladi, chunki kurslar ingliz tilida bo’lishi ham mumkin.
  • Nomzod ijtimoiy demokratiyani hurmat qilishi, unga amal qilishi, ijtimoiy va akademik jihatdan faol shaxs bo’lishi kerak.
  • Nomzod ijtimoiy va siyosiy jihatdan faol shaxs bo’lishi kerak.
  • Nomzod ilgari o’qigan ta’lim bosqichlarida juda yuqori baholarga o’qigan bo’lishi va kuchli karyera qilish uchun yetarli barcha sifatlarga ega ekanini ko’rsata olishi zarur. Barcha talablar

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Stipendiya dasturiga ariza berishdan avval Germaniya davlat universitetlaridan biriga yoki davlat tomonidan tan olingan oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshiring. O’qishga qabul qilinganingiz to’g’risida xabar kelganidan so’ng FES grantiga ariza topshirishingiz mumkin. FES grant dasturiga arizalar 2020-yil 30-noyabrgacha qabul qilinsa ham, nemis oliy ta’lim muassasalarida kursga qabul sanalari turlicha bo’lishi, ba’zi OTMlarga qabul ertaroq yopilishi ham mumkin.
  2. FES grantiga arizalar 2020-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerda onlayn ariza topshiring.
  3. Agar grant dasturiga qabul talablariga javob bersangiz, sizdan ikkita tavsiyanoma va akademik karyerangizga qanchalik jiddiy yondashishingizni tekshirish maqsadida ba’zi hujjatlar talab etiladi. BU hujjatlar onlayn ariza topshirganingizdan keyin, grantga qabul jamoasi tomonidan so’raladi (agar boshlang’ich qabul talablariga mos bo’lmasangiz, so’ralmasligi ham mumkin). Hujjatlarni yuklash to’g’risida ma’lumot olganingizdan so’ng kerakli hujjatlarni topshirish uchun 3 hafta vaqtingiz bo’ladi. Qanday hujjatlar talab qilinishi qanday bosqichda o’qish uchun grant yutish niyatida ekanligingizga bog’liq. Batafsil
  4. Hujjatlar topshirilgach, keyingi bosqichga saralab olingan nomzodlar suhbatga taklif etiladi.

Dastur to’g’risida ma’lumot zarur bo’lsa yoki savol bermoqchi bo’lsangiz, bu yerga bosing, yoki stipendien@fes.de elektron manziliga xabar yuboring. DAAD grantlari haqida qo’shimcha ma’lumot uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!