×

Germaniya: Barcha bosqichlar uchun oylik 1 000 yevrogacha stipendiyalar!


Grant

MUHLAT

15.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

8545 marta

Germaniyaning Gamburg universiteti – Universität Hamburg Merit scholarships for international students enrolled at Universität Hamburg dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 2 semestrdan 3 yilgacha moʻljallangan. Grant universitetga oʻqishga kirgan barcha bosqich talabalariga beriladi. Doktorantura talabalariga uch yilgacha stipendiya ajratilishi mumkin. Grant yutib olgan nomzodlar yuqori bilimli va salohiyatli, a’lochi boʻlishi talab etiladi. Grantga bir yilda ikki marta ariza berish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universität Hamburgda chet ellik talaba bir yilga taxminan 656 yevro kontrakt toʻlab oʻqiydi. Grant yutib olgan nomzodga bir yil davomida har oyda 850 dan 1 000 yevrogacha stipendiya beriladi. Zarur hollarda stipendiya muddati uch yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitet bakalavriat yoki magistratura, doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Magistraturaga oʻqishga kirgan nomzodlar 2-semestrdan grantga ariza bera oladilar.
  • Nomzod nemis millatiga mansub boʻlmasligi keak.
  • Nomzod Bundesgesetz über individuelle Förderung der Ausbildung (BAföG) boʻyicha Germaniya hukumatidan moddiy yordam olmayotgan boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Hujjat topshirish uchun dedlayn muddati bosqichlar va semestrga qarab farq qiladi. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 2021-yil 15-aprel.

Hujjat topshirishdan oldin dedlayn va hujjatlar tarkibi haqida tanlangan kurs sahifasidagi ma’lumotlar orqali batafsil oʻrganib chiqing.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan ariza. Ariza avval onlayn toʻldiriladi, keyin qogʻoz variantiga imzo qoʻyib, soʻraglan hujjatlar bilan birga topshiriladi.
  • CV/rezyume.
  • Diplomi nusxalari. Diplomlar nemis oliygohlarida qabul qilish talablariga mos kelishi kerak.
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • Nemis tili setifikati. TestDAF sertifikati talab qilinadi. Buning uchun til bilish talablari bilan tanishib chiqing.
  • Ingliz tili sertifikati (agar ingliz tilidagi kursni tanlagan boʻlsangiz).
  • Abitur sertifikati soʻralishi mumkin.
  • Tanlangan kurs va bosqichga qarab boshqa qoʻshimcha hujjalar talab qilinishi mumkin.
  • Motivatsion xat.
  • Ijtimoiy faollik haqida hujjat (agar bor boʻlsa).
  • Ikkita tavsiyanoma (Gamburg Universiteti professor-oʻqituvchilaridan olinadi). Namuna: shu yerda.

Talablar haqida toʻliq maʼlumot bilan: shu yerda tanishish mumkin.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • A’lo baholari.
  • Qoʻsimcha faoliyat: prezentatsiya, nashr ishlari, koʻgazmalarda qatnashganligi, mukofot va boshqalar.
  • Volontyorlik faoliyati.
  • Moddiy yordamga muhtojligi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dedlayndan 6-8 hafta oʻtib xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun:

Funding for International Students and Graduates

Department of International Affairs

Mittelweg 177, Room S 1050

Email: stipend-internationalstudent@uni-hamburg.de.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!