×

Germaniya: Barcha xarajatlari qoplanadigan tatqiqot granti


Grant

MUHLAT

23.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2541 marta

Germaniya Ta’lim va Tatqiqot Federal Vazirligi navbatdagi “Green Talents- International Forum for High Potentials in Sustainable Development” xalqaro forumiga arizalarni qabul qilmoqda. Forumning maqsadi barqaror rivojlanish masalalariga oid innovatsion va umidli g’oyalar almashinuvini qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Barqaror taraqqiyot sohasiga qiziquvchi yosh tatqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. G’oliblar: Germaniyada bo’lib o’tadigan ikki haftalik Ilmiy Forum da ishtirok etishadi (barcha harajatlar qoplanadi).
  2. Ilmiy Forumdan keyin g’oliblar uch oygacha muddatga tatqiqot olib borish uchun Germaniyaga qaytishlari mumkin bo’ladi (barcha harajatlar qoplanadi).
  3. Ilmiy forum doirasida nemis tatqiqotchilari bilan tatqiqotlari yuzasidan yuzma-yuz ko’rishadilar.
  4. 57dan ortiq davlatlardan bo’lgan 200 ga yaqin ekspertlardan tashkil topgan “Green Talents Network” dan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Talablar:

Nomzod:

  1. Magistratura/PhD dasturida o’qiyotgan bo’lishi yoki uzog’i bilan uch yil oldin magistr/PhD darajasini olgan tatqiqotchi bo’lishi;
  2. Asosiy e’tibori barqaror taraqqiyot va interdissiplinar yondashuvga qaratilgan bo’lishi;
  3. Ingliz tilini yaxshi bilishi;
  4. A’lo akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi;
  5. Germaniya fuqarosi yoki Germaniyada (vaqtincha bo’lsa ham) yashayotgan bo’lmasligi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Forum uchun ariza topshirish faqatgina SHU YERDAN amalga oshiriladi. Ariza to’rt qismdan iborat bo’lib, uni to’liq to’ldirish vaqt talab qilishi mumkin. Ariza to’ldirish jarayonida ma’lumotlarni saqlab qo’yish va keyinchalik arizani davom ettirish ham mumkin.

Birinchi qism – nomzodning shaxsini va darajasini tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim etiladi: ilmiy va professional kariyera haqida savollar, shu jumladan, ilmiy darajalari, ilmiy tadqiqotlar, nashrlar ro’yxati va hk.

Ikkinchi qism – nomzodning forumda ishtirok etish sabablari va motivatsiyasi haqida. Quyidagi savollarga javob berilishi zarur:

  • Hozirda olib borayotgan tatqiqotingizni ta’riflang. Bu tatqiqotning bararor taraqqiyotga qanday aloqasi bor? Sohalararo yondashuvga qizishingizni ham ko’rsating.
  • Barqaror taraqqiyotga qanday yangi qarashlar kiritmoqchisiz? Professional maqsadingiz nimadan iborat
  • Ishingiz yoki tatqiqotingizning Germaniyadagi barqaror taraqqiyot ilmiga qanday aloqasi bor? 2018-yilgi Green Talents forumi tashkilotlaridan qaysi biriga sohangiz yoki tatqiqotingiz yaqinroq deb o’ylaysiz va nima sababdan?
  • Green Talents mukofoti kelajakdagi karyerangizga qanday ta’sir ko’rsatadi deb o’ylaysiz?

Uchinchi qism – nomzodning ilmiy darajasi haqidagi ma’lumotlar. Bu qismda nomzodning eng oxirgi diplomi va to’liq ilovasi taqdim etilishi kerak.

To’rtinchi qism – tavsiyanoma. Bunda tavsiya beruvchi nomzodning biror topshiriq bajarishdagi imkoniyatlari, mahorati va sifatlarini ochib berishi kerak. Tavsiyanomalar ingliz tilida bo’lishi va ariza to’ldirilayotgan paytda yozib berilganiga olti oydan oshmagan bo’lishi kerak. Tavsiyanoma nomzodning ish yoki o’qish joyidan berilishi mumkin.

Ariza to’ldirishda nomzodning ingliz tili darajasini ko’rsatuvchi IELTS yoki TOEFL kabi test natijalari ham taqdim etilishi kerak.

Eslatmalar

  • Forum va tatqiqot uchun yo’l, oziq-ovqat va turar joy harajatlari qoplab berilsa-da, tibbiy sug’urta va viza harajatlarini qatnashchining o’zi qoplashi kerak.
  • Ma’lumot uchun : greentalents@dlr.de, +49 (0)228 3821 1886.
  • Forum haqidagi savol-javoblar SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!