×

Germaniya: barcha xarajatlar qoplanadigan 5 kunlik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

7493 marta

The Institute on Behavior and Inequality (briq)  Germaniyaning Bonn shahrida oʻtkaziladigan va barcha xarajatlari qoplanadigan 2nd Summer School in Behavioral Economics 2019ga taklif etadi. Ushbu yozgi maktab 2019-yil 8-12 iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Yozgi maktabda iqtisodiyot sohasidagi muammolarni tadqiq etayotgan magistr hamda doktorantlar ishtirok etishlari mumkin.

The Institute on Behavior and Inequality (briq) tomonidan tashkil etilgan yozgi maktabning asosiy maqsadi butun dunyodan kelgan izlanuvchilarni ahloqiy iqtisodiyotning zamonaviy mavzulari bilan tanishtirish. Maʼruzalarni Armin Falk, Botond Kyosegi, Florian Simmermann va Djordj Levenshteyn, Duglas Bernxeym hamda Myuriel Niderle kabilar oʻqiydilar. Shuningdek, ishtirokchilarga oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashish hamda qiziqtirgan savollariga javob berish imkoniyati beriladi.

Taxminiy spikerlar roʻyxati quyidagicha:

  • Douglas Bernheim, Stanford University (tbc)
  • Armin Falk, briq and University of Bonn
  • Botond Kőszegi, Central European University
  • George Loewenstein, Carnegie Mellon University
  • Muriel Niederle, Stanford University (tbc)
  • Florian Zimmermann, briq and University of Bonn

Grant kimlar uchun?

Iqtisodiyot sohasida tahsil olayotgan magistr va doktorantlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • Germaniyaga borish va kelish uchun aviachipta bilan ta’minlanadi.
  • 6 kun davomida turar joy va oziq-ovqat uchun ketadigan xarajatlar qoplab beriladi..

Batafsil: SHU YERDA.

Talablar:

Yozgi maktab uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Magistr va doktorantlar ariza topshirish mumkin.
  2. Ingliz yoki nemis tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Axloqiy iqtisodiyotni oʻrganishga ishtiyoqi boʻlishi lozim.
  4. Intiluvchan va mavzu boʻyicha bilimlarini yanada chuqurlashtirish istagida boʻlgan nomzodlar qabul qilinadi.

Nomzodlar iqtisodiyot boʻyicha bilimlari, qiziyozi, yozgan essesi va olib borgan tadqiqotlari, ingliz/nemis tilini bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 15-mart tungi 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

  1. Ariza: ONLAYN-ILOVA orqali toʻldiriladi.
  2. Rezyume.
  3. Esse (insho).
  4. Diplom va diplom ilovasi.
  5. Ikkita tavsiyanoma.

2019-yilning 15-aprelida elektron pochta orqali maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: Dominik Spitza

Elektron manzili: Dominik.Spitza@briq-institute.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!