×

Germaniya Berlin School of Business & Innovation: Biznes boʻyicha barcha bosqichlar uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1752 marta

Germaniyaning Berlin School of Business & Innovation (BSBI) maktabi  bakalavr, magistratura va PhD talabalaridan 2021-yilgi Leadership and Enterprise scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi universitetning barcha yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr, magistratura hamda PhD bosqichiga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun moʻljallangan. Grant dasturidan maqsad a’lochi, moddiy imkonityatlari cheklangan talabalarni qoʻllab-quvvatlash. Grant ajratishda nomzodning akademik salohiyati, moliyaviy ahvoli hamda yetakchilik qobiliyatiga e’tibor beriladi. Mablagʻ turar joy, kundalik va boshqa xarajatlar uchun sarflanishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va PhD talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Oliygohda tahsil olish uchun kontrakt toʻlovi tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Bakalavriat kurslari uchun kontrakt taxminan 9 000 yevrodan, magistratura uchun 13 250 yevrodan boshlanadi. Batafsil ma’lumot bilan tanlangan kurs sahifasida tanishishingiz mumkin.

Grantlar talabaning oʻqish davomidagi kundalik xarajatlarini qoplashga yordam berish uchun moʻljallangan. Stipendiat ajratilgan mablagʻni oʻzi xohlaganicha (ijara, kitob, oʻquv qurollari va x.k) sarflashi mumkin. Har bir talaba bir oʻquv yilida faqat bitta grant/moddiy yordam dasturi boʻyicha (bursary or scholarship) stipendiya olishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Berlin School of Business & Innovation (BSBI) maktabi bakalavr, magistratura yoki PhD bosqichiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda tahsil olishi zarur.
  4. Grantlar moddiy yordamga muhtoj talabalarga ajratiladi.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  6. Grant ajratishda nomzodning akademik salohiyati, moliyaviy ahvoli hamda yetakchilik qobiliyatiga e’tibor beriladi.
  7. Har bir nomzod bir yilda faqat bitta stipendiyaga hujjat topshirishi mumkin.

Grant nizomi bilan shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun ariza shakli yuklab olinadi, toʻldiriladi va boshqa kerakli hujjatlar bilan birga bsbischolarships@berlinsbi.com manziliga e-mail orqali yuboriladi.

Berlin School of Business & Innovation (BSBI) maktabiga kirish uchun hujjatlar har yili 15-yanvar hamda 15-iyul sanalarigacha qabul qilinadi. Grant dasturiga ariza qabul qilish ham ayni shu sanada nihoyasiga yetadi. Ayni paytda eng yaqin ariza topshirish muhlati 2021-yil 15-yanvar.

Grant dasturi uchun kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Olygohga qabul qilinganlik haqidagi hujjat.
  3. Tavsiyanoma.
  4. Eng oxirgi bosqichda olingan baholar.
  5. IELTS/PTE natijalari.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

Bakalavr/magistratura kurslariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar tanlangan kursga qarab turlicha boʻladi. Quyida hujjatlarning tahminiy roʻyxati keltirilgan.

  1. Onlayn ariza.
  2. Yuqori maktab/litsey/kollej diplomi.
  3. Bakalvr diplomi (magistratura bosqichi uchun).
  4. Magistrlik diplomi (PhD uchun).
  5. Baholar/ diplom ilovasi.
  6. Tadqiqot rejasi (magistratura/PhD uchun).
  7. Passport nusxasi.
  8. IELTS/TOEFL/PTE.
  9. Tavsiyanoma.
  10. Boshqa akademik yoki professional yutuqlar va mukofotlar haqidagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).

Batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!