Germaniyada joylashgan Hamburg School of Business Administration (HSBA) o’zining navbatdagi, 6 marta tashkil etilayotgan yozgi kurslarida qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dastur yo’nalishi CSR Management – Corporate Social Responsibility bo’lib, unda qatnashchilarga biznes etikasini shakllantirish, barqaror rivojlanish, ayni paytdagi va kelajakdagi rejalarni amalga oshirishlarida turtki berish, o’z bizneslarini yo’lga qo’yishda ijtimoiy hamda iqtisodiy imkoniyatlardan unumli foydalanish kabilar o’rgatiladi. Dastur 2019-yilning 1-iyulidan 12- iyuligacha davom etadigan kurslar uchun mo’ljallangan bo’lib unga biznesni boshqarish sohasiga qiziquvchi 25ta qatnashchi qabul qilinadi. Yozgi maktabda ma’ruzalar o’tish va treninglar tashkil qilish uchun Germaniya va AQSHning yetakchi oliygohlaridan malakali mutaxassislar taklif etiladi. Yozgi maktabga taklif etilgan ma’ruzachilar ro’yxati bilan bu yerda tanishing.
Hujjat topshirish muhlati 2 ga bo’linadi:
- 2019-yilning 15-fevraligacha (Early Birds)
- 2019-yilning 31-martigacha
HSBA Summer School haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.
Grant kimlar uchun?
Biznesni boshqrish sohasiga qiziquvchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Yozgi maktabda o’qish uchun to’lov 1 300 yevro (chegirmalar bor, pastda berilgan). Qatnashchilar quyidagilar bilan ta’minlanadilar:
- O’qish puli;
- Kompaniyalarga uyushtiriladigan tashriflar;
- madaniy va ijtimoiy dasturlarda qatnashish;
- kutubxona, kompyuter uskunalari va Internet / WiFidan foydalanish;
- kutib olish va kuzatish kechalarida ishtirok etish;
- HSBA ga ro’yxatdan o’tish va dastur tugagandan so’ng olinadigan sertifikat uchun to’lovlar.
Qatnashchilar quyidagi harajatlarni o’zlari qoplashlari kerak:
- Safar xarajatlari;
- Turar joy;
- Oziq – ovqat;
- Viza hamda sug’urta xarajatlari.
Yozgi maktabga 2019-yilning 15-fevraliga qadar ariza topshirgan qatnashchilarga (for early birds) 50%lik chegirmalar taklif etiladi (1300-50%=650 yevro).
Nomzodlar yozgi maktabga qabul qilinganlaridan so’ng ko’pi bilan 14 kun ichida to’lovni amalga oshirishlari talab etiladi.
Moliyavoy imkoniyati cheklangan ishtirokchilar Grant DAAD (German Academic Exchange Service) tomonidan taklif etiladigan stipendiyaga hujjat topshirishlari mumkin. Stipendiya doirasida qatnashchi quyidagilar bilan ta’minlanadi:
- Turar joy uchun umumiy 500 yevro
- Safar xarajatlari (Gamburgga kelish va ketish) uchun 850 yevro miqdoridagi moliyaviy yordam.
DAAD stipendiyasini olish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Buning uchun ariza topshiruvchi taqdim etayotgan motivatsion xatida buni ko’rsatib o’tishi yetarli bo’ladi.
Talablar:
- Barcha davlar fuqarolari ariza topshirshlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q);
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 6.0, TOEFL 90 yoki ingliz tilidan B2 daraja);
- Nomzod biznesni boshqarish yo’nalishida bakalavr / magistrlik darajasi ega yoki shu bosqichlardan birida tahsil olayotgan bo’lishi kerak;
- PhD bosqichidagi faqat 1-kurs talabalari ariza topshirishlari mumkin;
- Oliygohni tugatganiga uzog’i bilan 4 yil bo’lgan yosh mutahassislar hujjat topshirish imkoniga egalar;
- Nomzod o’z yo’nalishi bo’yicha enga a’lochi 30% talabalar safida bo’lishi/bo’lgan bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Yozgi maktabga hujjat topshirish uchun quyidagi hujjatlar to’ldirilib, 2019-yil 15-fevraligacha (early birds) yoki 31-martiga qadar CSR Management Summer School, Zara Berberyanga zara.berberyan@hsba.de elektran pochta orqali jo’natiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Ariza.
- Motivatsion xat (tahminan 1 sahifa).
- Diplom nusxasi.
- Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
- CV.
- Nomzod o’z yo’nalishi bo’yicha enga a’lochi 30% talabalar safida ekanligi/bo’lganligini isbotlovchi xat.
- Ingliz tili testi natijalari (TOEFL, IELTS)
- Nomzodning rostdan ham 1-kurs tadqiqotchisi ekanini isborlovchi xat (faqat PhD talabalariga)
Ishtirokchilar viza olish uchun Germaniyaning o’z mamlakatlaridagi vakolatxonasiga murojaat qilishlari zarur. Shuningdek, HSBA Summer School’da ishtirok etish uchun qatnashchining tibbiy sug’urtsi Genrmaniya qonunchuligida belgilangan tartibda bo’lishi kerak (biror noxushlik yuz berganida dastur davomidagi harajatlarni qoplay olishi zarur).
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni savol-javoblardan yoki oliygohning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Bog’lanish uchun:
Zara Berberyan
Tel: +49 40 36138-8733
Email: zara.berberyan@hsba.de