×

Germaniya: Bundestag parlament tizimi bo’yicha barcha xarajatlari qoplanadigan 5 oylik dastur!


Grant

MUHLAT

31.07.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

16902 marta

Germaniya Bundestagi Prezidenti homiyligida tashkil etilgan International Parliamentary Scholarship (IPS) amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Germaniya Bundestagi Free University of Berlin, Humboldt University in Berlin hamda Technical University of Berlin oliygohlari bilan birgalikda har yili 50 mamlakatdan boʻlgan 120 nafar universitet bitiruvchilariga grantlar ajratadi. Dastur yuqori malakali, koʻp qirrali, namunaviy shaxsiy fazilatlarga ega, oliygohni endigina tamomlagan yetakchi yoshlar uchun moʻljallangan. Amaliyot Germaniya parlamenti (Bundestag)da oʻtaladi. Dastur doirasida ishtirokchilar Germaniya parlament tizimi bilan nazariy va amaliy jihatdan tanishish, parlamentar ish jarayoni amalda oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar.

International Parliamentary Scholarship (IPS) dasturining asosiy maqsadi:

  • Germaniya va ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish
  • Demokratik qadriyatlar va bag’rikenglikni birlashtirish
  • Madaniy xilma-xillikni tushunishni chuqurlashtirish
  • Dunyoda tinch-totuv hayot kechirish.

Amaliyot nemis tilida olib boriladi va 5 oy davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturi qatnashchilariga quyidagilarga ketadigan xarajatlar qoplab beriladi:

  • Turar joy xarajati qoplanadi.
  • 500 yevro miqdoridagi oylik stipendiya.
  • Tibbiy va baxtsiz hodisalar sug’urtasi xarajatlari qoplanadi.
  • Berlinga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish kera,.
  • 1994-yil 1-martdan keyin tugʻilgan boʻlishi kerak.
  • Istalgan sohada oliy maʻlumotga (bakalavrlik, magistrlik yoki doktorlik diplomiga) ega boʻlishi kerak. Alohida hollarda, nomzod bakalavriatni hozirda bitirmagan bo’lsa (oxirgi kurs boʻlsa), bakalavrlik diplomini 2023-yil 31-dekabrgacha topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
  • Siyosat va faol fuqarolik jamiyati sohalari, shuningdek, Germaniya tarixiga kuchli qiziqish bildirishi kerak.
  • Nomzod nemis tilini yaxshi bilishi kerak (kamida B2 darajasida).
  • IPS dasturi yangi g’oyalar bilan tanishish ishtiyoqidagi, siyosatga qiziqadigan, oʻz mamlakatining demokratik kelajagini shakllantirishda faol va mas’uliyatli rol oʻynashni xohlaydigan malakali va yuqori salohiyatli yoshlar uchun moʻljallangan.
  • Muvaffaqiyatli nomzodlar Germaniya Bundestagi va Berlin universitetlari ishtirokida tuzilgan mustaqil tanlov komissiyasi tomonidan professional, ijtimoiy, til va madaniyatlararo koʻnikmalariga qarab tanlanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar email orqali 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi. Buning uchun quyidagi hujjatlarning elektron nusxasi bitta PDF faylga birlashtirilib, nomzodning ismi-sharifi bilan nomlanishi kerak. Masalan: Ravshanova-Ziyoda.pdf. Bunda PDF fayl hajmi 15 MB dan oshmasligi zarur. Belgilangan hajmdan katta hujjatlar ikki qismga boʻlib topshirilishi mumkin. Agar PDF fayli arxivlash dasturlari orqali hajmini qisqartirib yubormoqchi boʻlsangiz, faqatgin .zip kengaytmali arxivlangan fayl sifatida yuborishingiz mumkin. Hujjatlar info@taschkent.diplo.de elektron manziliga yuborilishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza shakli. Ariza shakli nemis tilida toʻldirilib, 5-6-sahifalari qoʻlda imzolanishi kerak.
  2. Shaxsiy bayonot (2 sahifadan oshmasligi, nemis tilida yozilishi va qoʻlda imzolanishi kerak).
  3. Diplom nusxasi. Oliy taʼlim (kamida bakalavriat) diplomining asli yoki tasdiqlangan nusxasining skanerlangan varianti topshirilishi kerak. U nemis yoki ingliz tilida boʻlishi lozim. Ayrim hollarda mazkur hujjatni 2023-yil 31-dekabrgacha topshirishga ruxsat etiladi. Suhbat paytida diplomning ingliz yoki nemis tilidagi asl nusxasi yoki tasdiqlangan nusxasi topshirilishi kerak boʻladi.
  4. Nemis tilini kamida B2 darajasida bilishni isbotlovchi hujjat yoki tajriba. Til bilish darajasi TestDaF, ZOP DSH yoki IPS til sertifikatlarini taqdim etish yoxud Germaniyada Abitur dasturini oʻqiganlik, nemis tili oʻqituvchisi sifatida ishlayotganlik, nemis tili yoʻnalishi boʻyicha oʻqiganlik kabi tajribalar bilan isbotlanishi kerak..
  5. Passport nusxasi.
  6. 2 ta tavsiyanoma (bittasi universitet professori yoki ish joyidan boʻlishi kerak). Tavsiyonoma ingliz yoki nemis tilida yozilishi kerak.

Hujjatlar asosidagi saralash bosqichidan omadli oʻtgan nomzodlar bilan 2023-yil kuz/qish oylarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat Oʻzbekistondan tashqarida oʻtkaziladigan boʻlsa, suhbat uchun safar xarajatlari tegishl tarzda va viza xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qoʻshimcha savollar yuzasidan Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Telefon: +998 71 120 84 40
Fax: +998 71 120 66 93
Email: info@taschent.diplo.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!