×

Germaniya: Doktorantlar va tadqiqotchilar uchun barcha xarajatlar qoplanadigan tadqiqot dasturi!


Grant

MUHLAT

15.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1727 marta

Germaniyadagi Rachel Carson Center for Environment and Society (RCC) hamda Herrmannsdorfer Landwerkstätten hamkorlikda Landhaus Fellowship Program amaliyot dasturini eʼlon qildi. Dastur jamiyatshunoslik va ekologiya sohalari boʻyicha oʻqiyotgan doktorantura, postdoktorantura tadqiqotchilari hamda katta ilmiy tadqiqotchilar uchun ochiq. Shunungdek, nomzodlar jurnalistika, hujjatli filmlar olish va ijtimoiy hayot bilan boʻgliq yoʻnalishlar boʻyicha ham ariza berishlari mumkin. Amaliyot dasturi Myunxen shahri tashqarisidagi RCC Landhaus rezedensiyasida boʻlib oʻtadi. Amaliyotchilar u yerda istiqomat qiladilar, tadqiqotlar olib boradilar va markaz hayotida faol ishtirok etadilar. Amaliyotlar uch, olti, toʻqqiz yoki oʻn ikki oy davom etadi. Dasturning boshlanish muddatlari 2022-yil 1-yanvar, 1-aprel, 1-iyul va 1-oktyabrga rejalashtirilgan.

Grantga arizalar yakka va guruh tartibida qabul qilinadi. Dastur doirasida 10 nafar tadqiqotchiga grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Olim va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturi qatnashchilariga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Bepul turar joy.
  2. RCC Landhaus markazining barcha qulayliklaridan bepul foydalanish.
  3. Qulay ish joyi/maydoni.
  4. Markaz kutubxonasi va akademik maʼlumotlaridan toʻliq foydalanish imkoniyati.
  5. Oziq-ovqat va transport harajatlari uchun tabaqalashtirilgan oylik stipendiya (doktorantura – 500 yevro, post-doktorantura – 750 yevro, katta ilmiy tadqiqotchi – 1.000 yevro miqdorida).
  6. Oyiga 125 yevro miqdoridagi voucher (oziq-ovqat xaridi uchun).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod atrof-muhit va jamiyatshunoslik sohalarida yuqori ilmiy ko’rsatkichlarga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod 2021 yil 15-iyungacha doktorantura bosqichiga qabul qilinishi yoki uni tugatishi kerak.
  • Nomzod 3-12 oylik amaliyot dasturi davomida Germaniyada boʻla olishi kerak.
  • Nomzod RCC Landhaus markazi turar joyida yashab, boshqa amaliyotchilar, olim va tadqiqotchilar bilan hamkorlikda ishlashga tayyor boʻlishi kerak.
  • Dastur tadqiqotchining turmush oʻrtogʻi va farzandlari uchun moʻljallanmagan. Batafsil: shu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

Amaliyot dasturida ishtirok etish uchun hujjatlar 2021-yil 15-iyungacha onlayn portal orqali qabul qilinadi. Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan iyul oyida suhbat oʻtkaziladi. Natijalar 2021-yil 31-iyulda eʼlon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Cover letter.
  3. CV (3 sahifadan koʻp boʻlmagan).
  4. Tadqiqot ishi tavsifi (1000ta soʻzdan koʻp boʻlmagan).
  5. Amaliyot dasturi rejasi (davomiyligi va boshlanish vaqti koʻrsatilgan boʻlishi kerak).
  6. Tavsiya beruvchi uchta olimning kontakt maʼlumotlari.

Taqdim etilayotgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni RCC rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: Dr. Arielle Helmick – arielle.helmick@lmu.de.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!