×

Germaniya: Doktorlik ishini yoqlaganlar uchun tadqiqot dasturi; 2,2 million yevrogacha grant; joy – 15 tagacha!


Grant

MUHLAT

10.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1645 marta

Germaniyaning Die Volkswagen Stiftung Jamg`rmasi Freigeist Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur ikki bosqichda umumiy sakkiz yilgacha muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar head of junior research group lavozimida ishlaydilar. Grant ko`pi bilan 4 yil ichida PhD yoki doktorlik ishini himoya qilgan 15 nafargacha barcha soha vakillariga beriladi. Ishtirokchilarga oylik maosh, oila uchun moddiy yordam ajratiladi. Grant yutib olgan nomzodlar fanlararo, tashkilotlararo, hattoki davlatlararo chegaralarni yo`qota oladigan katalizator vazifasini bajarishi rejalashtirilgan. Freigeist xodimi innovatsion yechimlar, tanqidiy tahlil va tasavvurni uyg`unlashtirishda yangi qirralarni kashf etadi.

Grant ajratishda bir necha fanlararo tadqiqotlar bilan shug`ullanuvchi nomzodlarga ko`proq urg`u beriladi.

Grant kimlar uchun?

Doktorlik ishini himoya qilganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Loyihaning davomiyligiga qarab ikki bosqich, umumiy sakkiz yilgacha Germaniyada yashash va tadqiqot olib borish imkoni beriladi.
  2. Har ikki bosqich (1-bosqich 5 yil, 2-bosqich 2 yil yoki 1-bosqich 6 yil 2-bosqich 3 yil) uchun hammasi bo`lib umumiy 2,2 million yevrogacha moliyaviy mablag` Grant hajmi sohalarga qarab farq qiladi. Masalan, ijtimoiy fanlar uchun kamroq, texnika va aniq fanlar uchun ko`proq pul ajratilishi mumkin.
  3. Grant muddati tugaguncha nomzodlarga yillik 80 400 dan 84 000 yevrogacha maosh
  4. O`quv qurollari va kitoblar kabi mayda xarajatlar uchun sarflarni tashkilot qoplaydi.
  5. Nomzodga konferensiyalarda ishtirok etish uchun safar xarajatlarini qoplashga 1000 dan 2000 yevrogacha mablag` ajratiladi.
  6. Nomzodga turarjoy ijarasi uchun 1000 yevro (yolg`iz nomzod) dan 1500 yevro (oilasi bilan birga yashasa)gacha berilishi mumkin.
  7. Nomzod o`qish paytida tadqiqot olib borayotgan davlatda farzandlari bilan yashayotgan bo`lsa, birinchi farzand uchun 400 yevro, boshqa har bir bola uchun 100 yevrodan qo`shiladi.
  8. Nomzodga dastur doirasida konferensiya, seminar kabilarda ishtirok etishi mumkin.

Grant shartlari batafsil: SHU YERDA, Germaniyada oila a’zolari bilan yashashni istagan nomzodlar uchun talablar esa: SHU YERDA ko`rsatilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Germaniyaning biror universiteti yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida tadqiqotchi sifatida ro`yxatda turishi kerak. Chunki grant jismoniy shaxslarga berilmaydi. Demak, grantga ariza berishdan oldin davlatdagi tanlangan soha bo`yicha universitetga hujjat topshirish kerak bo`ladi.
  • Nomzod tegishli mutaxassislik bo`yicha PhD/DSc darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Fond maqsadi va vazifalari aniq bo`lmagan loyihalarga grant bermaydi.
  • Taqdim etilayotgan loyiha dunyo bo`yicha fanlararo, tashkilotlararo, davlatlararo chegaralarni yo`qota oladigan yangilikni kiritishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini va/yoki nemis tili yaxshi bilishi hamda a’lochi bo`lishi zarur.
  • Nomzoddan loyihasi amalga oshgandan so`ng nufuzli nashrlarda e’lon qilishi, shuningdek, loyihaning Fond tomonidan moliyalashtirilishi masalasini ham eslatib o`tilishi kutiladi.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: SHU YERDA.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 10-oktabrgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Arizada nomzod haqida, nomzodni qabul qilgan universitet/tashkilot to`g`risida ma’lumot, loyiha va loyihani moliyalashtirish xarajatlari, loyihaning amalga oshirilish muddati kabilar yozilishi kerak. Ariza va unga ilova qilinadigan barcha hujjatlar ingliz tilida bo`lishi kerak. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF formatida qabul qilinadi. Hujjat topshirishdan avval „Electronic Application System – Instructions and Tips“ bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  1. Cover letter.
  2. Loyiha haqida qisqacha summary (nemis tilida 1 betgacha annotatsiya).
  3. Loyiha haqida qisqacha summary (ingliz tilida 1 betgacha annotatsiya).
  4. Creative presentation of the project. Taqdimot video, podkast, gazeta maqolasi va h.k ko`rinishda bo`lishi kerak (2 daqiqa/1 bet). Podkast va video uchun CryptSharedan foydalanish, gazeta maqolasini esa PDF formatida krueger@volkswagenstiftung.de manziliga jo`natish zarur.
  5. Project proposal (12 kegl, 1,5 intervalda 15 betgacha).
  6. List of references/bibliography.
  7. Justification of budget (xarajatlar smetasi).
  8. Quotations for equipment (ayrim loyihalar uchun oldindan tajriba uchun kerakli jixoz sotib olingan bo`lishi kerak. Bu hamma loyihalar uchun talab qilinnaydi. To`liq ma’lumotni SHU YERDAN oling).
  9. CV va list of publications.
  10. DSc yoki PhD diplomi nusxasi.
  11. Qabul qilayotgan tashkilot (universitet/ilmiy tekshirish instituti) tomonidan berilgan Binding declaration.
  12. 3 tagacha maqola.

Barcha hujjatlar haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Shaxsiy fazilatlari.
  • Loyhaning sifati va originalligi.
  • Tadqiqotning mustaqil bajarilishi.
  • Muammoga yangicha yondashuv, tadqiqotning yangi metodlari va fanlararo integratsiya.
  • Mavjud to`siq va tavakkalchilikni real bayon etilishi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Natijalar saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dedlayndan to`qqiz oy o`tib e’lon qilinadi. Grant dasturi esa e’londan olti oy keyin boshlanadi.

Bogʻlanish uchun:

Humanities and Social Sciences
Dr. Johanna Brumberg
Telefon:+49 511 8381-297
Faks: +49 511 8381-4297

Administrative and organizational issues
Kerstin Krüger
Telefon: +49 511 8381-341
Faks:+49 511 8381-4341

Natural and Engineering Sciences/Medicine:
Dr. Oliver Grewe
Telefon: +49 511 8381-252
Faks:+49 511 8381-4252
Elektron pochta: grewe@volkswagenstiftung.de

Administrative and organizational issues
Jennifer Richter
Telefon: +49 511 8381-227
Faks:+49 511 8381-4227
Elektron pochta: j.richter@volkswagenstiftung.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!