×

Germaniya: Haq to’lanadigan amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

01.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3891 marta

Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan Centre for East European and International Studies ( ZOiS) markazi 3 oydan 6 oygacha davom etuvchi amaliyot dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dastur 2019-yilning mart/aprel yoki sentabr/oktabr oylarida boshlanadigan, to’liq yoki yarim stavkali amaliyot uchun mo’ljallangan. Amaliyotchilar kommunikatsiya bo’limida ishlab, ZOiSning imidjini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadqiqot dasturi ustida ishlashadi. Tadqiqotchilar asosan markazning rasmiy sayti va Facebook hamda Twitter kabi ijtimoiy saytlardagi sahifalarini takomillashtirish ustida izlanish olib borishadi. Kommunikatsiya bo’limida shuningdek ZOiS SpotlightZOiS ReportMeet the Author, Work-in-Progress kabi nashrlar chop etiladi va bo’lim markazda bo’lib o’tadigan konferensiyalar, matbuot anjumanlari, ma’ruzalar hamda master klasslarni tashkillashtiradi.a

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Amaliyot oh]xirida qatnashchilarga sertifikatlar beriladi.
  2. Qatnashchilarga dastur davomida oyiga 300 yevrodan ish haqi to’lanadi

Talablar:

  • Nomzod MS Office dasturlari bilan ishlay olishi kerak.
  • Ingliz va nemis tillarini bilishi kerak.
  • Rus yoki boshqa sharqiy yevropa davlatlari tillarini bilish maqsadga muvofiq.
  • Amaliyot dasturiga talabalar hujjat topshirishlari alohida qo’llab-quvvatlanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Amaliyot dasturida qatnashishni xohlovchilar quyidagi hujjatlarni bir PDF formatidagi faylga jamlab bewerbung@zois-berlin.de manziliga 2019-yil 1-fevralga qadar elektron pochta orqali jo’natishlari zarur:

  1. Motivatsion xat.
  2. CV.
  3. Boshqa amaliyot yoki ko’ngillilar uchun dasturlarda qatnashganlik sertifikatlari (agar mavjud bo’lsa).

Hujjatlarni jo’natishda email sarlavhasiga “INT-03040910” deb yozish kerak.E-mailda nomzod amaliyotni to’liq yoki yarim stavkada o’tamoqchiligini ham ko’rsatib o’tishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni www.zois-berlin.de saytidan olishingiz va savollar bilan Lejly Agamuradovaga lejly.agamuradova@zois-berlin.de murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!