×

Germaniya: MBAga qiziquvchilar uchun 2 haftalik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

5022 marta

Germaniyada joylashgan Hamburg School of Business Administration (HSBA) oʻzining navbatdagi, 6 marta tashkil etilayotgan yozgi kurslarida qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dastur yoʻnalishi CSR Management – Corporate Social Responsibility boʻlib, unda qatnashchilarga biznes etikasini shakllantirish, barqaror rivojlanish, ayni paytdagi va kelajakdagi rejalarni amalga oshirishlarida turtki berish, oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyishda ijtimoiy hamda iqtisodiy imkoniyatlardan unumli foydalanish kabilar oʻrgatiladi. Dastur  2020-yilning iyul oyida 12 kun davom etadigan kurslar uchun moʻljallangan boʻlib unga biznesni boshqarish sohasiga qiziquvchi 25ta qatnashchi qabul qilinadi. Yozgi maktabda ma’ruzalar oʻtish va treninglar tashkil qilish uchun Germaniya va AQSHning yetakchi oliygohlaridan malakali mutaxassislar taklif etiladi. Yozgi maktabga taklif etilgan ma’ruzachilar roʻyxati bilan shu yerda tanishing.

Hujjat topshirish muhlati 2 ga boʻlinadi:

  • 2020-yilning 15-fevraligacha (Early Birds)
  • 2020-yilning 31-martigacha

HSBA Summer School haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda

Grant kimlar uchun?

Biznesni boshqrish sohasiga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda oʻqish uchun toʻlov 1 300 yevro (chegirmalar bor, pastda berilgan). Qatnashchilar quyidagilar bilan ta’minlanadilar:

  • Oʻqish puli.
  • Kompaniyalarga uyushtiriladigan tashriflar.
  • madaniy va ijtimoiy dasturlarda qatnashish.
  • kutubxona, kompyuter uskunalari va Internet / WiFidan foydalanish.
  • kutib olish va kuzatish kechalarida ishtirok etish.
  • HSBA ga roʻyxatdan oʻtish va dastur tugagandan soʻng olinadigan sertifikat uchun toʻlovlar.

Qatnashchilar quyidagi harajatlarni oʻzlari qoplashlari kerak:

  • Safar xarajatlari.
  • Turar joy.
  • Oziq – ovqat.
  • Viza hamda sugʻurta xarajatlari.

Yozgi maktabga 2020-yilning 15-fevraliga qadar ariza topshirgan qatnashchilarga (for early birds) 50%lik chegirmalar taklif etiladi (1300-50%=650 yevro).

Nomzodlar yozgi maktabga qabul qilinganlaridan soʻng koʻpi bilan 14 kun ichida toʻlovni amalga oshirishlari talab etiladi.

Moliyavoy imkoniyati cheklangan ishtirokchilar Grant DAAD (German Academic Exchange Service) tomonidan taklif etiladigan stipendiyaga hujjat topshirishlari mumkin. Stipendiya doirasida qatnashchi quyidagilar bilan ta’minlanadi:

  • Turar joy uchun umumiy 500 yevro beriladi.
  • Safar xarajatlari (Gamburgga kelish va ketish) uchun 850 yevro miqdoridagi moliyaviy yordam beriladi.

DAAD stipendiyasini olish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Buning uchun ariza topshiruvchi taqdim etayotgan motivatsion xatida buni koʻrsatib oʻtishi yetarli boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlar fuqarolari ariza topshirshlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS 6.0, TOEFL 90 yoki ingliz tilidan B2 daraja).
  • Nomzod biznesni boshqarish yoʻnalishida bakalavr / magistrlik darajasi ega yoki shu bosqichlardan birida tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
  • PhD bosqichidagi faqat 1-kurs talabalari ariza topshirishlari mumkin.
  • Oliygohni tugatganiga uzogʻi bilan 4 yil boʻlgan yosh mutahassislar hujjat topshirish imkoniga egalar.
  • Nomzod oʻz yoʻnalishi boʻyicha enga a’lochi 30% talabalar safida boʻlishi/boʻlgan boʻlishi kerak.

 Barcha talablar: shu yerda koʻrsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi maktabga hujjat topshirish uchun quyidagi hujjatlar toʻldirilib, 2020-yil 15-fevraligacha (early birds) yoki 31-martiga qadar CSR Management Summer School, Zara Berberyanga zara.berberyan@hsba.de elektran pochta orqali joʻnatiladi. Hozir qabul yopiq va u yanvar-fevral oylarida ochiladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Motivatsion xat (tahminan 1 sahifa).
  3. Diplom nusxasi.
  4. Baholardan koʻchirma (diplom ilovasi).
  5. CV/resume.
  6. Nomzod oʻz yoʻnalishi boʻyicha enga a’lochi 30% talabalar safida ekanligi/boʻlganligini isbotlovchi xat.
  7. Ingliz tili testi natijalari (TOEFL, IELTS)
  8. Nomzodning rostdan ham 1-kurs tadqiqotchisi ekanini isborlovchi xat (faqat PhD talabalariga)

Ishtirokchilar viza olish uchun Germaniyaning oʻz mamlakatlaridagi vakolatxonasiga murojaat qilishlari zarur. Shuningdek, HSBA Summer School’da ishtirok etish uchun qatnashchining tibbiy sugʻurtsi Genrmaniya qonunchuligida belgilangan tartibda boʻlishi kerak (biror noxushlik yuz berganida dastur davomidagi harajatlarni qoplay olishi zarur).

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni savol-javoblardan yoki oliygohning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Zara Berberyan

Tel: +49 40 36138-8733

Email: zara.berberyan@hsba.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!