Germaniyaning Gambold Fondi – Humboldt Foundation iqlim oʻzgarishlari boʻyicha izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilardan International Climate Protection Fellowship for young climate experts from developing countries dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur bir yilga moʻljallangan. Grant yutib olgan nomzodlar dastur doirasida oila aʼzolari bilan Germaniyada yashashlari mumkin.
Ushbu grant rivojlanayotgan davlatlar vakillari boʻlgan 20 nafar nomzodga beriladi. Dastur chet ellik ilmiy tadqiqotchilar bilan iqlim va uning oʻzgaishi, u bilan bogʻliq muammolarning yechimlari haqida tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan. Dasturga hujjat topshirish uhun nomzod doktorlik ishini oxirgi 12 yil ichida himoya qilgan boʻlishi zarur.
Grant kimlar uchun?
Postdoktorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Bir yilgacha Germaniyada yashash va tadqiqot olib borish imkoniyati beriladi.
- Nomzod dastur doirasida oila aʼzolarini Germaniyaga olib kelib, birga yashashi mumkin.
- Nomzodga har oyda taxminan 2 170 yevrodan 2 670 yevroacha stipendiya beriladi. Stipendiya hajmi nomzodning malaka darajasiga qarab belgilanadi.
- Agar nomzodning turmush oʻrtogʻi Germaniyaga kelsa, har oylik stipendiyasiga yana 346 yevro qoʻshib beriladi.
- Agar nomzodning farzandlari ham davlatga yashash uchun kelishsa, har bir kichik yoshdagi bola uchun oylik stipendiyaga yana 274 yevrodan qoʻshimcha toʻlanadi (masalan, nomzodning turmush oʻrtogʻi va 2 farzandiga har oylik 2 670 yevro stipendiyasiga 894 yevro qoʻshib toʻlanadi).
- Nomzodning oʻzi va turmush oʻrtogʻi til oʻrganish kurslarida oʻqisa, oʻqish haqi tashkilot tomonidan toʻlanishi mumkin.
- Agar nomzod yolgʻiz ona (ota) boʻlsa va oʻqishga kelgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan bitta farzandi bor boʻlsa, har oyda unga stipendiyasidan tashqari 400 yevro toʻlanadi. Voyaga yetmagan (bittadan ortiq boʻlsa) boshqa bolalarining har biri uchun 100 yevrodan beriladi.
- Nomzodning ilmiy tadqiqotlar olib borishi uchun sarflanadigan (texnika fanlari uchun 800 yevro, ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun 500 yevro) oylik xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Rivojlanayongan davlatlar fuqarolari, jumladan oʻzbekistonlik nomzodlar ariza topshira oladi.
- Nomzod doktoranturada oʻqib, dissertatsiya himoya qilganiga 12 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
- Nomzod ilmiy ishlar roʻyxati, nashr ishlari, diplom va hokazo hujjatlari joylashtirilgan shaxsiy profili (portfolio)ga ega boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod Germaniyada ilmiy rahbar, qabul qiluvchi universitet roziligi, tadqiqot oʻtkazishga ruxsatnomasi mavjud boʻlishi kerak.
- Nomzod dasturga ariza berayotgan vaqtda Germaniyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi lozim.
- Nomzod nemis yoki ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
- Jamgʻarma nomzodlardan Ilmiy amaliyot qoidalariga qatʼiy roya qilishni talab qiladi.
Grantga oid barcha talablar hamda toʻliq ma’lumot: shu yerda va shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Hujjat topshirish uchun dedlayn muddati 2020-yil 1-martgacha. Nomzodlardan hujjatlarni toʻgʻri va toʻliq toʻldirish talab etiladi. Buning uchun avval Jamgʻarmaning onlayn tizimida roʻyxatdan oʻtish kerak.
Hujjat topshirishdan oldin savol-javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.
bilan batafsil tanishib chiqing.
Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:
- Ariza va tadqiqot olib borishga layoqatini tasdiqlovchi hujjatlar.
- 2 betgacha hajmda CV/rezyume.
- 5 betgacha hajmda tadqiqot rejasi.
- Toʻliq nashrlar roʻyxati.
- Asosiy tanlangan nashrlar roʻyxati.
- Tayanch nashr (ilmiy maqola va h.k.)lar roʻyxati.
- Doktorlik diplomi nusxalari.
- Nemis tili setifikati (agar bor boʻlsa).
- Ekspertlar tomonidan yozilgan 2 ta tavsiyanoma (taqriz). Taqrizchilar xorijlik ekspertlar boʻlsa, bu arizaning koʻrib chiqilishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
- Agar talab qilinsa, amaliyotga qabul qilinganlik haqidagi hujjat (bu nomzodning Germaniyadagi qaysi universitetda tadqiqot olib borishi va tanlagan ilmiy rahbari bilan kelishib hal qilinadi), hamda asosiy ilmiy ishlarining tarjimalarini joʻnatilishi mumkin.
Talablar haqida toʻliq maʼlumot bilan: shu yerda va shu yerda tanishish mumkin.
Nomzodlar joʻnatgan hujjatlariga asosan Jamgʻarmaning mustaqil taqrizchilari va komissiyasi tomonidan saralanadilar. Komissiya barcha soha vakillaridan tuzilgan.
Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dastur boshlanguncha elektron pochta orqali xabar beriladi.
Hujjat topshirish va saralash jarayoni uzoq muddat davom etishi mumkin. Barcha bosqichlar va ularning muddati grant sahifasidagi jarayon haqida maʼlumotda berilgan.
Bogʻlanish uchun:
Manzil:
Alexander von Humboldt Foundation
Jean-Paul-Str. 1253173 Bonn
GERMANY
Alexander von Humboldt Foundation
Berlin Office
WissenschaftsForum
Markgrafenstr. 37
10117 Berlin
GERMANY
Elektron pochta: info@avh.de
Telefon: +49 (0)228-833-0
Faks: +49 (0)228-833-199