×

Germaniya: huquqshunoslik bo’yicha magistratura kursi: bepul o’qish, 850 yevro oylik stipendiya, bepul aviachiptalar, sug’urta va tadqiqot


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2038 marta

Germaniyada magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun MIPLC DAAD Scholarship for Developing Countries grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar MIPLC LL.M. program in Intellectual Property and Competition Law magistratura kurslariga qabul qilingan, rivojlanayotgan davlat fuqarolariga beriladi. Magistratura dasturi Munich International Property Law Center tomonidan taklif etiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga:

  1. O’qish to’lovi qoplab beriladi.
  2. 850 yevro oylik stipendiya to’lanadi.
  3. Bepul sug’urta
  4. Germaniyaga kelish uchun safar xarajatlari qoplab beriladi.
  5. Tadqiqot va o’qish uchun qo’shimcha moddiy yordam
  6. O’qish boshlanishidan avval bo’ladigan 2 oylik nemis tili kursi to’lovi to’lab beriladi.

Talablar:

Dasturga saralash jarayoni qat’iy mezonlar asosida amalga oshiriladi. Grantni yutish istagidagi nomzod quyidagi talablarga qat’iyan mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod 4 yillik bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi va baholari juda yuqori bo’lishi kerak. Nomzod bakalavr kursini eng yuqori ball to’plagan 30% talabalar safida tamomlagan bo’lishi talab etiladi.
  2. Nomzod bakalavr kursini tamomlaganiga 6 yildan oshmagan bo’lishi zarur.
  3. Nomzodning davlat yoki xususiy muassasa, tashkilot yoki kompaniyada kamida 2 yillik ish tajribasi bo’lishi kerak. Ta’lim muassasalarida olingan ish tajribasi qabul qilinmaydi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 85 (CBT 223, PBT 563) talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun 2020-yil 5-oktyabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. Hujjat topshirish yo’riqnomasini yuklab oling. Barcha ma’lumotlar bilan tanishing. Baholarni ko’rsatish uchun bu hujjatni ham yuklab oling.
  2. Bu yerga kirib, ariza to’ldiring. Ariza tayyor bo’lgach, uni chop etish mumkin bo’ladi.
  3. Arizani chop etib, imzolang. Uni boshqa kerakli hujjatlar bilan birga info@miplc.de elektron manziliga PDF shaklida jo’nating.

Kerakli hujjatlar:

  • CV
  • Motivatsion xat
  • Ikkita tavsiyanoma
  • Diplom va ilovalar
  • Talabaning bitiruv reytingi
  • Grade Conversion Sheet
  • Ish tajribasini ko’rsatuvchi hujjat
  • Ingliz tili testi sertifikati
  • Ikkita fotosurat
  • 50 yevro ariza to’lovini to’laganlik to’g’risida ma’lumotnoma.

Hujjat topshirish oldida hujjat topshirish yo’riqnomasi bilan to’liq tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!