×

Germaniya: Jurnalistlar uchun 3 kunlik konferensiya; yoʻl, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1539 marta

Germaniyaning Falling Walls Foundation tashkiloti butun dunyo jurnalistlarini Falling Walls Science Fellowship konferensiya dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturning asosiy maqsadi – fan va jamiyat oʻrtasidagi toʻsiqlarni olib tashlash hamda fan-texnologiyalar bilan keng jamoatchilikni tanishtirishga xizmat qiladigan gʻoyalarni yigʻishdir. Dastur kamida 3 yillik kasbiy tajribaga ega jurnalistlar, bloggerlar, mustaqil jurnalistlar hamda frilanserlar uchun moʻljallangan. Dastur 2020-yil kuzda boʻlib oʻtadi. Dastur Germaniyaning qaysi shahrida oʻtkazilishi va aniq sana tashkilotchi tomonidan 2020-yil apreldan keyin ma’lum qilinadi.

Konferensiya haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar grant yutib olgan nomzodning dasturda ishtirok etadigan kunlar uchun:

  1. Ekonom klassda Germaniya borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
  2. 3 kun yashash uchun mehmonxonadan joy olib beriladi.
  3. Konferensiyada qantashish badali toʻlanadi.
  4. Oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  5. Grant dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarida qatnashish imkonini beradi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod journalist/blogger/mustaqil journalist/frilanser boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini juda yaxshi bilishi lozim.
  4. Nomzod soha boʻyicha chuqur bilim va kamida 3 yillik kasbiy tajribaga ega boʻlishi zarur.
  5. Nomzod ilm-fan sohasi boʻyicha ishlashi kerak.
  6. Oʻqituvhi, jamoatchilik sohasi vakillari, tadqiqotchilar ariza bera olmaydi.

Barcha talablar: shu yerda koʻrsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil aprel oyidan taxminan iyun oyi oxirigacha qabul qilinadi. Avvalgi yilgi dedlayn 2019-yil 30-iyungacha bo’lganini hisobga olib, muhlat shartli ravishda 2020-yil 30-iyun, deb ko’rsatildi. Grantga ariza onlayn tarzda shu yerda topshiriladi. Ariza va barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Grantga ariza berish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda fellowship@falling-walls.com  manziliga murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza. Ariza onlayn tarzda ingliz tilida toʻldiriladi.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. 2 ta yaqinda e’lon qilingan ish topshiriladi.
  4. Motivatsion xat.
  5. CV/resume.
  6. Yoʻllanma xat.

Nomzodlar ish tajribasi, liderlik qobiliyati, tashabbuskorligi, ingliz tilini bilishi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa vaqt ichida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: fellowship@falling-walls.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!