×

Germaniya: Jurnalistlar uchun besh oylik stajirovka dasturi; bepul turar joy, transport va oziq-ovqat!


Grant

MUHLAT

01.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1402 marta

Germaniyaning Michael Succow Foundation fondi jurnalistlarni The Marion Dönhoff Fellowship at the Michael Succow Foundation dasturida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.

Stajirovka dasturida ekologiya, huquq va geosiyosat boʻyicha faoliyat yuritayotgan jurnalistlar qatnashishlari mumkin. Stajirovka dasturi Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Oʻzbekiston, Belorussiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Moldova, Ukraina, Estoniya, Litva va Latviya davlatlari fuqarolari uchun moʻljallangan. Dastur Germaniyada besh oy davomida boʻlib oʻtadi. Aniq sana tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi.

Stajirovka dasturi mavzulari:

  • Promoting the critical analysis and debate about issues relevant for sustainability and the environment.
  • Supporting a critical East-Western dialogue on environment and sustainability.
  • Fostering the media debate on these issues.
  • Supporting regional and international networks.

Grant kimlar uchun?

25 dan 38 yoshgacha boʻlgan, oʻqishni tamomlagan jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stajirovka dasturida ishtirok etish imkoniga ega boʻlgan nomzodlarning Germaniyada 5 oygacha yashash, turar joy, transport, oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Oʻzbekiston, Belorussiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Moldova, Ukraina, Estoniya, Litva va Latviya davlatlaridan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod ekologiya, huquq va geosiyosat boʻyicha jurnalist boʻlib ishlayotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod 25 dan 38 yoshgacha boʻlishi kerak.
  4. Nomzod oʻqishni tamomlagan boʻlishi lozim.
  5. Nomzod tajrabali mutaxassis boʻlishi zarur.
  6. Nomzod ingliz va/yoki nemis tilini yaxshi bilishi kerak. Istisno tariqasida rus tilida toʻldirilgan arizalar ham qabul qilinishi mumkin.
  7. Nomzod ekologiya, huquq va geosiyosat boʻyicha internetda ijtimoiy guruhlarda yoki jamiyatlarda faol targʻibot hamda tashabbus olib borishi lozim.

Stajirovka dasturi boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi. Ariza va quyidagi hujjatlarni dedlaynga qadar Sophie Hirschelmannga sophie.hirschelmann@succow-stiftung.de manziliga jonatasiz. Stajirovka dasturining axborot-flayerini: shu yerdan yuklab olish mumkin.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Motivatsion xat (1 betgacha).
  2. Loyiha va tahlil etiladigan muammo haqida qisqacha ma’lumot (3 betgacha).
  3. CV/resume.
  4. Til sertifikati. Ingliz/nemis tili sertifikati topshirilishi kerak.
  5. Pasport nusxasi.
  6. Qoʻchimcha hujjatlardan visa haqida ma’lumot, diplom va diplom ilova, nash ishlari kabilar kerak boʻlishi mumkin.

Grant boʻyicha savollar tugʻilganda sophie.hirschelmann@succow-stiftung.de manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar taqdim etayotgan muammoning dolzarbligi, kasbiy bilim va tajiba, liderlik qobiliyati kabilarga koʻra saralanadi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Ma’lumot uchun: sophie.hirschelmann@succow-stiftung.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!