×

Germaniya: Jurnalistlar uchun konferensiya; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

02.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1458 marta

Germaniyaning German Federal Government, German Renewable Energy Federation (BEE), the German Solar Association (BSW-Solar), the German Energy Agency (dena) tashkilotlari hamkorligida xavfsiz energiya tizimlarini yaratish va foydalanishga qaratilgan 2020-yilgi Berlin Energy Transition Dialogue (BETD) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Konferensiya 2020-yilning 24-25-mart kunlari Berlinda boʻlib oʻtadi. Konferensiya 2020-yil 23-27-martda boʻlib oʻtadigan Berlin Energy Week 2020 haftaligiga ulanib ketadi. Konferensiyada qatnashuvchilar oʻz yurtlaridagi energetikaga oid holatlar boʻyicha ma’ruza qilishlari mumkin. Ishtirokchining ma’ruzasi Parij iqlim kelishuvi doirasida yangilanadigan energiya manbalari boʻyicha yechimlarni taqdim etsa, yanada maqsadga muvofiq boʻladi. Konferensiyada jurnalistlar, jtimoiy siyosiy, sanoat tashkilotlari, media, inson huquqlari sohalari vakillari qatnasha oladilar.

Konferensiya Global Green Deal xalqaro kelishuvi hamda quyidagi sohalar muammolariga bagʻishlanadi:

  • Geopolitics
  • Green Finance
  • Market Designs for Renewables
  • Carbon Pricing
  • Multilateral Cooperation and Action

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar, jtimoiy-siyosiy, sanoat tashkilotlari, media, inson huquqlari sohalari vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiya dasturi qatnashchilariga quyidagi xarajatlar toʻliq qoplab beriladi:

  1. Bepul turar joy.
  2. Oziq-ovqat xarajatlari.
  3. Safar xarajatlari.

Batafsil: shu yerda tanishing. Konferensiya varaqasi esa: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod yosh mutaxassis boʻlishi kerak. Talablarda yosh darajasi aniq belgilanmaganligi uchun nomzod taxminan 30 yoshlarda boʻlishi kerak, deb olindi.
  • Nomzod jurnalistlar, jtimoiy siyosiy, sanoat tashkilotlari, media, inson huquqlari sohalaridan biri boʻyicha faoliyat yuritayotgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz/nemis tilini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzodlarning ma’ruzasi Parij iqlim kelishuvi doirasida yangilanadigan energiya manbalari boʻyicha yechimlarni taqdim etishi maqsadga muvofiq.

Batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza berish. Konferensiya dasturida ishtirok etish uchun onlayn ariza toʻldiriladi va soʻralgan hujjatlar bilan birga taqdim etiladi. Dedlayn 2020-yil 2-fevral.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Motivatsion xat (200-300ta soʻz)
  3. Tavsiyanoma (hozirgi ish joyidan).
  4. CV.
  5. Nashr ishlaridan namunalar.

Maʻlumot uchun:

Ms Cornelia Hörtner

Telefon: +49 8157 938 723

Email: betd-fellows@giz.de.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!