×

Germaniya: Jurnalistlar uchun olti oygacha stajirovka dasturi; bepul turar joy, transport, oziq-ovqat; stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

31.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1647 marta

Germaniyaning The European Organisation for Astronomical Research in the Southern Hemisphere (ESO) ilmiy tadqiqot markazi jurnalistlarni Internships: Science Journalism 2019 dasturida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.

Stajirovka dasturida ilmiy tadqiqotlar boʻyicha faoliyat yuritayotgan jurnalistlar qatnashishlari mumkin. Stajirovka dasturi ESOning The Department of Communication boʻlimi tomonidan tashkil etilmoqda. Dasturda qatnashish uchun nomzod astronomiya va osmon jismlariga oid tadqiqotlarga kuchli qiziqish bildirishi va ayrim bilimlarga ega boʻlishi lozim. Nomzodlardan ilmiy-tadqiqot tashkilotining bu boradagi amalga oshirayotgan ishlarini OAVda yoritib borishlari kutilmoqda. Dastur uch oydan olti oygacha davom etishi mumkin. Aniq sana tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi.

Stajirovka dasturi mavzulari:

  • About the mission of ESO and the role and responsibilities of the Department of Communication for its implementation;
  • How a large international scientific organisation works in practice and in particular what are the workflows, processes and procedures within the Department of Communication;
  • How to write about complex scientific issues in an engaging and understandable manner;
  • What is required to coordinate big events and projects;
  • How written text and audiovisuals can be combined to make science attractive and approachable to the public.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stajirovka dasturida ishtirok etish imkoniga ega boʻlgan nomzodlarning Germaniyada uch oy dan olti oygacha yashash, turar joy, transport, oziq-ovqat  xarajatlari toʻliq qoplab beriladi. Shuningdek, borish-kelish aviachiptasi olib beriladi. Batafsil ma’lumot uchun vacancy@eso.org manziliga murojaat qiling.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlaridan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod ilmiy tadqiqotlar sohalarini yorituvchi jurnalist boʻlib ishlagan/ ishlayotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod tajrabali mutaxassis boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilida savodli oʻqish, yozish va sozlashish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod belgilangan muddat ichida berilgan topshiriqni talablar doirasida bajara olishi lozim.
  6. Nomzod oʻz tashabbusi va guruh istagini uygʻunlashtirgan holda ishlay olishi zarur.
  7. Nomzod madaniy va fan sohasi turlicha boʻlgan shaxslar bilan aloqalarni yaxshi yoʻlga qoʻya olishi kerak.

Stajirovka dasturi boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi. Ariza toʻldirish uchun: shu yerdan roʻyxatdan oʻtish va dedlaynga qadar soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklashi kerak.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Motivatsion xat.
  2. CV/resume.
  3. Yaqinga e’lon qilingan ishlar/maqolalardan namunalar.
  4. Qoʻchimcha hujjatlardan visa haqida ma’lumot, diplom va diplom ilova, til sertifikati kabilar kerak boʻlishi mumkin.

Savollar tugʻilganda vacancy@eso.org manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar kasbiy bilim va tajiba, kirishimlilik, ilmiy-tadqiqotlarga qiziqishi, til bilish darajasi kabilarga koʻra saralanadi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Ma’lumot uchun: vacancy@eso.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!