×

Germaniya Koblens-Landau universiteti bitiruvchilari uchun 6 oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

28.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1709 marta

Germaniyaning axborot texnologiyalari, ijtimoiy fanlar, psixologiya, gumanitar fanlar boʻyicha kadrlar tayyorlovchi Koblens-Landau universitetiUniversity of Koblenz Landau bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar uchun 2019-2020-oʻquv yilining 6 oyiga moʻljallangan STIBET-Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi.

Universitet Germaniyaning Koblens va Landau shaharlarida joylashgan va 1990 yilda tashkil topgan boʻlib, mamlakatning eng yosh universitetlaridan biri hisoblanadi.

Universitetning Xalqaro ofisi Nemis Akademik almashuv xizmati, Xalqaro ishlar federal vazirligi hamda Reynland-Pfals chet ellik talabalar va yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan universitetda taʼlimni yakunlayotgan talabalarga koʻpi bilan 6 oy muddatga homiylik yordamini taqdim etadi.

Grant kimlar uchun?

Koblens-Landau universitetida oxirgi bosqichda tahsil olayotgan bakalavriat yoki magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga 6 oy mobaynida 250 dan 300 yevrogacha stipendiya ajratiladi. Stipendiya berilishi stipendiatning bitiruv ishi himoyasidan keyin yoki oxirgi imtihonni topshirgan oyning soʻnggida toʻxtatiladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nemis millatiga mansub boʻlmagan talabalar ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod Koblens-Landau universitetida bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan bo’lishi kerak.
  3. Moddiy yordamga muhtoj boʻlishi kerak.

Eslatma: Quyidagi talabalarning arizalari koʻrib chiqilmaydi:

  1. Universitetda almashuv dasturi boʻyicha oʻqiyotgan yoki qisqa muddatli kurslarda tahsil olayotgan talabalar.
  2. Faqat akademik daraja uchun taʼlim olayotganlar (toʻliq boʻlmagan daraja uchun).
  3. Germaniya fuqarolari yoki avval ushbu davlatda bakalavr bosqichini tugatganlar.
  4. BAföG toʻlovini olayotgan boʻlsa.
  5. Nemis Akademik almashuv xizmati yoki boshqa tashkilotdan toʻliq yoki qisman stipendiya olayotgan talabalar.
  6. Stipendiya berilishi rejalashtirilayotgan muddatda oʻqishini tugatib, chet elda ishlamoqchi boʻlayotgan bitiruvchilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 28-fevralga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻgʻri va toʻliq toʻldirilgan, chop etilgan va imzo qoʻyilgan ariza. Arizani yuklab olish: SHU YERDA.
  2. Koblens-Landau universitetida tahsil olayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
  3. Kurslarni toʻliq oʻzlashtirganligi, modullarni tugallaganligi va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganligini isbotlovchi hujjat (KLIPS-Statement).
  4. Pasport fotosurati bilan birga rezyume (2 betgacha).
  5. Pasport nusxasi yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat.
  6. Joriy moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumot (masalan, toʻlov kvitansiyasi).
  7. Bitiruv malaka ishi (diplom ishi) va yakuniy imtihonlarning roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
  8. Daraja olishning taxminiy jadvali (1 betda oylar boʻyicha koʻrsatiladi).

Barcha hujjatlar ariza bilan birga qogʻoz variantida 2019-yilning 28-fevraligacha quyidagi pochtaga yetkazilishi shart:

Referat Internationale Zusammenarbeit
Universität Koblenz-Landau- Präsidialamt – Rhabanusstraße 3 55118 Mainz

Muhim:

  1. Barcha hujjatlar va ariza toʻgʻri toʻldirilgandagina ariza koʻrib chiqishga qabul qilinadi.
  2. STIBET stipendiyasini avval olmagan nomzodlarga koʻproq imtiyoz beriladi.
  3. Toʻliq toʻldirilgan ariza stipendiya ajratilishiga kafolat bermaydi.
  4. Chala yozilgan arizalar va oʻz vaqtida yetib kelmagan hujjatlar koʻrilmaydi.

Natijalar nomzodlarga Xalqaro byuro tomonidan yozma tarzda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil: Referat Internationale Zusammenarbeit Universität Koblenz-Landau- Präsidialamt – Rhabanusstraße 3 55118 Mainz.

Telefon: 06131 37460-0
Faks: 06131 37460-40
Pochta : 1864 55008 Mayns.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!