×

Germaniya: Kompyuter texnologiyalari va dasturlash tizimlari sohasida 3 oylik bepul amaliyot; oylik stipendiya beriladi, viza va safar xarajatlari to’lanadi!


Grant

MUHLAT

31.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4438 marta

Germaniyaning Max Planck Institute for Software Systems (MPI-SWS) instituti bakalavr, magistratura hamda PhD bosqichidagi talaba/tadqiqotchilarga MPI-SWS Internship amaliyot dasturini taklif etmoqda. Amaliyot dasturi 2020-yil may-avgust oylarida – 12-14hafta davomida bo’lib o’tadi. Tadqiqotlar kompyuter texnologiyalari, dasturlash tizimlari va shunga yaqin sohalar bo’yicha olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturida ishtirok etish mutlaqo bepul. Bundan tashqari dastur g’oliblariga bepul turar joy, oylik stipendiya, viza va safar xarajatlari uchun mablag’ ajratiladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarlari ariza berishlari mumkin.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Nomzod kompyuter texnologiyalari, dasturlash tizimlari va shunga yaqin sohalar bo’yicha bakalavr/magistratura/PhD bosqichida o’qiyotgan talaba/tadqiqotchi bo’lishi kerak.
  4. Nomzodning egallagan sohasi bo’yicha tadqiqot/mehnat tajribasiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.
  5. Nomzod o’zida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga bo’lgan kuchli qiziqishni namoyon etishi zarur.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish har yili 30-aprel, 31-avgust hamda 31-dekabrda tugaydi. Ariza berayotgan nomzod amaliyot dasturi boshlanishidan kamida 4 oy oldin hujjat topshirishi zarur. Hozirda enga yaqin ariza berish muhlati – 31-dekabr 2019-yil. Arizalar onlayn tizim orqali topshiriladi.

Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan oliygoh hay’ati skype orqali suhbat o’tkazadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. CV.
  3. 2 ta tavsiyanoma.
  4. Oliy o’quv yurtida o’qiyotganlik haqidagi hujjat.
  5. O’rtacha baholar (major GPA)
  6. Ingliz tilini o’zlashtirganlik sertifikati.
  7. Ro’yxatdan o’tish raqami (bu raqam onlayn ariza portaliga o’z arizasini muvaffaqiyatli topshirgan har bir nomzodga beriladi).

Barcha hujjatlar ingliz/nemis tilida bo’lishi, boshqa tilda bo’lgan hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga taqdim etilishi zarur.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan bilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Phone: +49 681 9303-9100

Fax: +49 681 9303-6029

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!