×

Germaniya: konferensiyada ishtirok etish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

31.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

8013 marta

OpenFOAM®  dasturi muhandislik va boshqa sohalardagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan, keng tarqalgan  CFD dastur hisoblanadi. Shu dastur egasi hisoblangan OpenCFD LTD kompaniyasi (kompaniya rasmiy vebsayti) dastur foydalanuvchilari uchun tashkillashtirib keladigan OpenFOAM konferensiyasining navbatdagi 2020-yilgi 13-15-oktabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida bo’lib o’tadi. Hozirda shu konferensiyada nutq so’zlash istagidagilardan arizalar qabul qilinmoqda. Arizalar ko’rib chiqilgach eng munosib topilganlar konferensiyada qatnashish va nutq so’zlash uchun to’liq grant asosida Berlinga taklif etiladilar.

Grant kimlar uchun?

OpenFOAM® dasturi foydalanuvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyaga kelib tushgan loyihalar konferensiyada ishtirok etish hamda mukofot uchun saralash jarayonidan o’tadi. Loyiha g’oliblariga esa konferensiyada ishtirok etishlari uchun safar va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Konferensiyada OpenFOAM® dasturidan foydalanuvchi, modellashtirish va hamda shu dasturdan foydalangan holda yaratiladigan loyiha g’oyasiga ega ko’ngillilar ishtirok etishlari mumkin. Konferensiyaga kelib tushgan va qatnashish uchun qabul qilingan loyihalarning eng yaxshisiga Academic Best Paper Award beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Konferensiyada qatnashish uchun o’z loyihangizni jo’natasiz, ya’ni konferensiyada taqdimot qilish uchun alohida ariza berasiz. Ariza berishda barcha nomzodlar o’zlari taklif qilayotgan loyiha haqida qisqacha ma’lumot, ya’ni abstrakt taqdim etishlari kerak. Abstraktlar 2020-yil 31-mayga qadar openfoam2020@esi-group.com elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Abstrakt loyihalarini:

konferensiyada ishtirok etish niyatidagi talabalar bu yerdagi, ishtirok etishni xohlovchi konsultant va sanoat korxonalari bu yerdagi mahsus abstrakt qolipidan foydalanib tayyorlashlari va dedlaynga qadar openfoam2020@esi-group.com elektron manziliga yuborishlari zarur.

Ma’lumot uchun openfoam2020@esi-group.com elektron manzili va +49 (0) 30 223 857 62 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!