×

Germaniya: magistratura va doktorantura uchun to’liq grant


Grant

MUHLAT

15.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3115 marta

Germaniyada magistratura va doktoranturada o’qishni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Konrad-Adenauer-Stiftung (KAS) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Germaniyada kamida 3 semestr davomida magistratura, doktorantura yoki postdoktorlik tadqiqoti olib borayotgan iqtidorli chet ellik talabalar uchun ajratilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi talabani moliyaviy yordam, shaxsiy rivojlanish uchun murabbiylik:, keng ta’lim dasturi va butun dunyo bo’ylab KAS-tarmog’iga kirish imkoniyati bilan ta’minlaydi.

Moliyaviy yordam:

  1. Grantni yutib olgan har bir magistratura kursi talabasiga 2 yilgacha muddat davomida oyiga 861 yevro stipendiya
  2. Talaba nemis universitetlaridan biriga PhD kursiga qabul qilinsa, stipendiya miqdori (3 yilgacha muddat davomida) oyiga 1200 yevroni tashkil qiladi.
  3. Talabaga tibbiy sug’urta xarajatlarini qoplab uchun oyiga 120 yevro mablag’ ajratilishi mumkin.
  4. Turmush o’rtog’i bilan yashayotgan talabalarga oylik stipendiyaga 276 yevro qo’shimcha mablag’ qo’yib beriladi. Bunda talabaning turmush o’rtog’ining oylik daromadi 450 yevrodan kam bo’lishi kerak.
  5. Oilalari talabalarning farzandlari uchun qo’shimcha tarzda yana 194 yevro mablag’ ajratilishi mumkin.
  6. Nemis universitetiga PhD kursida o’qiyotgan va tadqiqot yuzasidan chet elga borishi kerak talabalarga chet eldagi safar va tadqiqot uchun qo’shimcha mablag’
  7. Talabaning universitetga to’lashi kerak mablag’lar ham har semestr 1500 yevrodan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

Shaxsiy rivojlanish uchun murabbiylik:

Talabaning shaxsiy rivojlanishi uchun u bilan individual tarzda ishlovchi, KAS dasturi xodimlari biriktirilib, uning o’qishini kuzatib boradi. Talaba KAS dasturi tomonidan stipendiatlar uchun tashkillashtirilgan yuzlab tadbir va dasturlarda ishtirok etadi. Talabalar boshqa stipendiatlar bilan tanishib, o’zaro aloqalar o’rnatishlari va bir-birlari bilan fikr almashishlari mumkin bo’ladi.

Dastur tugagandan so’ng talabalar KAS dasturining 14000dan ziyod bitiruvchilari tarmog’iga qo’shilishadi. Dastur tashkilotchilari ularni kuzatib borishadi va dasturdan keyingi faoliyatlariga yo’nalishlar berishadi.

Talablar:

  1. Bakalavr darajasiga ega bo’lish. Grant faqat bakalavr bosqichidan keyingi darajalar talabalariga beriladi. Fan doktori unvoniga ega nomzodlarga grant berilmaydi.
  2. Akademik ko’rsatkichlar o’rtachadan baland bo’lishi kerak.
  3. Ariza topshirilayotgan vaqtda 30 yoshdan kichik bo’lish.
  4. Nemis tilini yaxshi bilish (B2 darajasi).
  5. Ko’ngilli ishlarda faol bo’lish.
  6. Germaniyada kamida 3 semestr o’qishni rejalashtirish.
  7. Keng qamrovli ta’limga ega bo’lish va siyosiy masalalarga qiziqish.
  8. Dunyoqarashni rivojlantirish va chidamlilikni oshirishga qiziqish.
  9. Yuqori motivatsiyaga egalik va grant jamoasini o’zining kelajakdagi maqsadlari hamda iqtidoriga ishontira olish.
  10. Tibbiyot yo’nalishi bo’yicha o’qishga kirganlar uchun alohida talablar bor. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Kerakli hujjatlar:

  1. Jadval ko’rinishidagi CV.
  2. Motivatsion xat.
  3. Baholar.
  4. Nemis tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi hujjat.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. O’qishga kirganlik haqidagi hujjat.
  7. Fotosurat.
  8. (PhD talabalari uchun) tadqiqot tezisi haqida qisqacha yozilgan ma’lumot.
  9. (PhD talabalari uchun) Tavsiyanomalardan biri nomzodning ilmiy rahbari tomonidan yozilgan bo’lishi kerak.

KAS grant dasturi har yili har xil davlatlar talabalariga beriladi. 2020-yilgi grantlar Markaziy Evropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va G’arbiy Afrika davlatlari uchun ajratilgan. Suhbatlar Budapesht, Seul, Ammon va G’arbiy Afrika davlatlaridan birining poytaxtida o’tkaziladi. Hujjat topshirish uchun shu shu shaharlardan birida joylashgan KAS ofisiga hujjatlarni yuborish kerak. Buning uchun KAS’ning tegishli ofisi veb saytidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish kerak.

Arizalar 2020-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi. Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqing. Germaniyada yashayotgan yoki o’qiyotgan talabalar grantga ariza berish uchun bu yerga kirishlari kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!