Germaniyaning Koblenz-Landlou universiteti (University of Koblenz-Landau) magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun stipendiya dasturini taklif etadi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
O’qish sohasi: Quyidagi magistrlik yo’nalishlardan biriga hujjat topshirgan nomzodlar ushbu stipendiya dasturiga ariza topshira oladi:
- M.Sc. Chemistry and Physics of Functional Materials (Koblenz)
- M.Sc. Ecotoxicology (Landau)
- M.Sc. Environmental Sciences (Landau)
- M.Sc. Mathematical Modeling of Complex Systems (Koblenz)
- M.Sc. Web Science (Koblenz)
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur muvaffaqiyatli talabalarni 6 oygacha bo’lgan muddat davomida har oy 400 yevro miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod Germaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak;
- Nomzod yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlardan biriga qabul qilinishi kerak;
- 2018 yoki 2019-yilning qishki semesterida o’qishni boshlashi kerak;
- Bakalavrlik davridagi o’rta o’zlashtirishi imkon qadar yuqori bo’lishi kerak;
- Iqtisodiy ko’makka ehtiyoji bo’lishi kerak;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (odatda, magistrik yo’nalishlariga kirish uchun IELTS 6.5 talab qilinadi).
Dasturga qabul jarayoni:
Kerakli hujjatlar:
- Ariza. Bu ariza yuklab olinishi, to’ldirilishi, chiqarib olinishi va imzolanishi kerak. Keyin u skaner qilinib, boshqa hujjatlarga qo’shilib yuboriladi (arizani SHU YERDAN yuklab oling).
- Qishki semesterga qabul qilinganligi haqidagi hujjat (Acceptance Letter) nusxasi.
- Pasport nusxasi.
- Nomzodning ijtimoiy statusini belgilovhi boshqa hujjatlar – agar mavjud bo’lsa (masalan, turmush qurganlik haqidagi guvohnoma, farzandlarining tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari).
Barcha hujjatlar elektron shaklda (PDF) hamda ingliz yoki nemis tilida welcome@uni-koblenz-landau.de elektron manziliga yuborilishi kerak.