×

Germaniya: magistraturada o’qish uchun oylik 1 000 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

11390 marta

Germaniyaning Frankfurt shahrida joylashgan Goethe Universitat (GU) oliygohi navbatdagi Goethe Goes Global Master’s Scholarship  dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi universitetning barcha yo’nalishlari bo’yicha magistratura bosqichiga o’qishga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan. Dastur har yili iqtidorli talabalarga oliygohida tahsil olish uchun butun magistratura kursi davomida (2 yil, 72 yo’nalish bo’yicha) oylik stipendiyalar ajratadi. Magistrlik kurslariga hujjat topshirish muhlati yo’nalishiga qarab farq qiladi. Magistrlik dasturlari va hujjat topshirish muhlatlari bilan SHU YERDA batafsil tanishing,

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Goethe Goes Global Master’s Scholarship dasturi g’oliblariga butun magistratura kursi davomida (2 yil) oyiga 1 000 yevro miqdoridagi stipendiyalar ajratadi.
  • Talabaning universitetdagi o’qishi davomida unga yordamlashish uchun tajribali magistrant talaba biriktiriladi
  • Talabaga universitetdagi Graduate Academy (GRADE) seminarlarida qatnashish imkoniyati beriladi. Odatda bunday imkoniyat faqat PhD va Postdoktarantura bosqichi talabalarigagina beriladi
  • Talabaga tajribali tadqiqotchilar va boshqa stipendiantlar bilan ishlash imkoni beriladi.

Grantning manfaatli jihatlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq);
  2. Nomzod kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod bakalavriatni Germaniyadan tashqarida tugallagan bo’lishi kerak
  4. Nomzod tadqiqot olib borishga qiziqishi kerak
  5. Nomzod magistratura bosqichida ilmiy izlanishlar olib borib, uni PhD bosqichida davom ettirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan bo’lishi lozim
  6. Nomzod yuqori potensialli, izlanuvchan, tadqiqotchilar bilan fikr almashishga ishtiyoqmand bo’lishi zarur
  7. Nomzod yuqori salohiyatli, tajribali ilmiy rahbar qo’l ostida tadqiqot olib borishdan mamnun bo’lishi kerak
  8. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak
  9. Nomzod ingliz va/yoki nemis tilini yaxshi bilishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

GGG Scholarship dasturi hamda GU oliygohi magistratura kurslariga hujjat topshirish bir butun jarayon bo’lib, stipendiya dasturiga hujjatlar qabul qilish universitet kurslariga hujjatlar qabuli bilan bir kunda tugatiladi. Magistratura kurslariga qabul tanlangan yo’nalishga qarab har xil bo’ladi. (batafsil ma’lumot) GGG Scholarship dasturiga hujjatlar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.

Grant uchun talab etiladigan hujjatlar

  1. Onlayn ariza.
  2. Motivatsion xat. Unda nomzod o’zining akademik imkoniyatlarini, ilmiy izlanishlarga bo’lgan qiziqishini ifodalab berishi kerak. Batafsil
  3. CV (magistratura kurslariga topshirilgan hujjatlarda nomzodning CV’si taqdim etilgan bo’lsa, uni stipendiya dasturiga ham topshirish shart emas)
  4. 2 ta tavsiyenoma. Hujjatlar belgilangan tavsiyanoma shaklidan nashr qilinib, tavsiya beruvchi tomonidan to’ldirilin, imzolanib, universitet muhri bosilgandan keyin skaner qilinadi va ajratilgan joyga yuklanadi. Tavsiyanomalarning qog’oz shaklidagi varianti (hard copy) magistratura kursiga yuborilayotgan hujjatlar bilan birga pochta orqali universitetga jo’natiladi.

Universitet kurslariga esa onlayn ariza topshiriladi va hujjatlarning qog’oz shaklidagi varianti pochta orqali quyidagi manzilga yuborilishi zarur:

International Office
of Goethe University Frankfurt am Main
Campus Westend
PEG-Building 2nd floor
Theodor-W.-Adorno-Platz 6
60323 Frankfurt am Main

Universitetning magistratura kurslariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

Magistratura kurslariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar tanlangan kursga qarab turlicha bo’ladi. Quyida hujjatlarning tahminiy ro’yxati keltirilgan. Barafsil ma’lumot bu yerda.

  1. Onlayn ariza
  2. Bakalvr diplomi.
  3. Baholar/ diplom ilovasi
  4. Tadqiqot rejasi
  5. Passport nusxasi
  6. Til sertifikatlari. Nemis va/yoki ingliz tilidan C1 darajasi
  7. Tavsiyanoma
  8. Boshqa akademik yoki professional yutuqlar va mukofotlar haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa)

Ma’lumot uchun masterstip@uni-frankfurt.de elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bog’lanish uchun:

Email: ssc-master@uni-frankfurt.de

Tel.: +353 21 4904745

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!