×

Germaniya: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.07.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

6214 marta

Germaniyaning DAAD tashkiloti magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi talaba/tadqiqotchilarga Helmut-Schmidt-Programme (Public Policy and Good Governance – PPGG) dasturini taklif etmoqda. Dastur rivojlanayotgan mamlakatlardan (roʻyxatda Oʻzbekiston ham bor) boʻlgan, oʻz davlatida demokratiya va ijtimoiy adolatni rovojlantirish niyatidagi yoshlar uchun moʻljallangan. Germaniya Federal Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan ushbu dastur talabalarga ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalari boʻyicha magistr darajasini olish imkoniyatini beradi. Dastur bitiruvchilari siyosatshunoslik, huquqshunoslik, iqtisod va ma’muriy ishlar boʻyicha taʼlim olishadi va kelajakda oʻz mamlakatlarida shu sohlar rivojiga hussa qoʻshadilar.

Dasturga ariza berish uchun nomzodlar quyidagi oliygohlardan birining 2 yillik magistratura kursiga qabul qilinishlari zarur:

  • HOCHSCHULE BONN-RHEIN-SIEG: Master of Analysis and Design of Social Protection Systems
  • UNIVERSITY OF DUISBURG-ESSEN: Master of Development and ­Governance
  • UNIVERSITY OF ERFURT: Master of Public Policy (MPP)
  • OTTO VON GUERICKE UNIVERSITY MAGDEBURG: Peace and Conflict Studies (PACS)
  • UNIVERSITY OF APPLIED SCIENCES OSNABRÜCK: Master of Management in ­Nonprofit-Organizations
  • UNIVERSITY OF PASSAU: Master of Governance and Public Policy
  • UNIVERSITY OF PASSAU: Development Studies
  • UNIVERSITY OF POTSDAM: Master of Public Management (MPM)

Universitetlar va ular taklif etayotgan magistrlik dasturlari bilan shu yerda batafsil tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraurada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagilar bilan taʼminlanadilar:

  • Safar harajatlari
  • Turar joy harajatlari
  • Oʻqish va tadqiqot harajatlari
  • Tadqiqotchining turmush oʻrtogʻi va bolalari uchun nafaqa (kafolatlanmagan)
  • Oyiga 861 yevro miqdoridagi mablagʻ
  • Tibbiy sugʻurta, baxtsiz hodisalar sug’urtasi.
  • 6 oylik bepul nemis tili kursi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Nomzod rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi zarur
  2. Nomzod Germaniya hududida 15 oydan ortiq istiqomat qilmagan boʻlishi kerak
  3. Nomzod oʻzi hujjat topshirgan oliygoh talablariga javob berishi kerak
  4. Nomzod bakalavr darajasini (yoki bundan oldingi ilmiy darajani) olganiga 6 yildan koʻp boʻlmagan boʻlishi kerak
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (kurslar asosan ingliz tilida olib boriladi)
  6. Ingliz va nemis tillarida olib boriladigan kurslar uchun nemis tili sertifikati ham soʻraladi
  7. Nomzod yuqoridagi oliygohlardagi tegishli magistrlik dasturlaridan biridagi 2022-yili boshlanadigan magistratura kursiga qabul qilinishi kerak.
  8. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish va shunga yaqin sohalar boʻyicha magistrlik darajasiga ega shaxslar dasturga ariza bera olishmaydi
  9. Nomzod oʻzida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga boʻlgan kuchli qiziqishni namoyon etishi zarur.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar haqida shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish yuqoridagi 8 ta universitetda 1-iyundan 31-iyulgacha davom etadi. Ariza berayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida 2 ta oliygohga (birinchi va ikkinchi tanlov sifatida) hujjat topshirishi mumkin. Arizasida nomzod DAAD HelmutSchmidt-Programme (Master’s Scholarships in Public Policy and Good Governance) dasturiga hujjat topshirayotganini aniq koʻrsatishi zarur. Batafsil maʼlumot: shu yerda.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Motivatsion xat (nomzodning nega aynan shu dasturda ishtirok etishni xohlashi haqidagi akademik, kasbiy va shaxsiy sabablari koʻrsatilgan, ikki sahifadan iborat, sana va imzo qoʻyilgan boʻlishi kerak).
  3. CV (Europass standarti boʻyicha yozilgan boʻlishi maqsadga muvofiq).
  4. Bakalavr/bundan oldingi bosqich diplomlari nusxasi.
  5. Baholar/diplom ilovasi.
  6. Mehnat tajribasi, amaliyot dasturlari, volontyorlik ishlaridagi ishtiroki haqidagi hujjatlar.
  7. Til sertifikatlari (ingliz va/yoki nemis).
  8. Tavsiyanoma (akademik yoki ish joyidan).

Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tilida boʻlishi, boshqa tilda boʻlgan hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga taqdim etilishi zarur.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni DAADning rasmiy sayti, dasturning maxsus qoʻllanmasi va savol-javoblardan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: 0228/882-0

Fax: 0228/882 444

Email: postmaster@daad.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!