×

Germaniya: Magistraturada tahsil olayotganlar va yosh mutaxassislar uchun ekologiya sohasida 6 oylik stajirovka; stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

08.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1604 marta

The Center for International Forestry Research (CIFOR) tashkiloti barqaror rivojlanish, atrof-muhitni saqlash sohasida magistraturada tahsil olayotgan va endigina magistraturani tamomlagan yosh mutaxassislarni oʻzining 2020-yilda Germaniyaning Bonn shahrida boʻladigan Youth in Landscapes Network Intern amaliyot dasturida ishtirok etishga taklif etadi. Amaliyot 6 oy davom etadi. Amaliyot davomida nomzod yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar va rahbariyat oʻrtasidagi tashkiliy va boshqa masalalarda ish olib boradi, hisobotlar tayyorlaydi, yoshlar tashkilotlari ishini tekshiradi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada tahsil olayotgan va endigina magistraturani tamomlagan yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodga oylik va kunlik xarajatlar uchun stioendiya ajratiladi. Stipendiya miqdori nomzodning ish tajribasi, qobiliyatidan kelib chiqib, CIFOR kadrlar boʻlimidan qabul qilingan stavka asosida belgilanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq (barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin).
  2. Nomzod barqaror rivojlanish, atrof-muhitni saqlash sohasida magistraturada oʻqiyotgan yoki endigina magistraturani tamomlagan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod kuchli tashkilotchilik va kommunikativ qobiliyatga ega boʻlishi kerak.
  4. Internet bilan ishlash, yoshlar tashkilotlari ishini boshqarish, salohiyatni rivojlantirish va tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tajribasi bor nomzodlarga ustunlik beriladi.
  5. WordPress va boshqa ijtimoiy tarmoqlar, saytlar bilan ishlash koʻnikmalariga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
  6. Nomzod nemis/ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Nomzod ofisdan tashqari ishlash (remote work) tajribasiga ega boʻlgani ma’qul.
  8. Nomzod guruhda ishlay oladigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, tashkilorchi, kreativ va murosasoz boʻlishi kerak.
  9. Nomzod Yevropasa ishlash uchun ruxsat olgan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun onlayn ariza toʻldiriladi. Arizalar 2020-yil 8-fevralgacha qabul qilinadi.

Dastur haqidagi toʻliq ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy saytidan olishingiz va savollar bilan shu yerga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!