×

Germaniya: bakalavr talabalari uchun yozgi maktab: stipendiya, bepul turar joy, sugʻurta va transport xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

5815 marta

Germaniyada joylashgan Max Planck Institute of Neurobiology va Max Planck Institute of Biochemistry  laboratoriyalarida bo’ladigan Max Planck Summer Internship Program – MaxSIP dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur kimyo, biologiya, kompyuter fanlari, neyrologiya, matematika, fizika, psixologiya kabi yo’nalishlarda bakalavr bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, dastur davomida qatnashchilar turli mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borishadi. Dasturga o’qishni tamomlab, keyingi bosqichda o’qiyotgan, tadqiqot tajribasiga ega nomzodlar ham qabul qilinadi.

Tadqiqot jarayonida har bir tadqiqotchiga bittadan tadqiqot rahbari biriktiriladi va ular fakultetlarning boshqa a’zolari bilan jamoa sifatida tadqiqot qilishadi.

Bu dastur doirasida olib boriladigan tadqiqotlar yil davomida turli mavsumlarda boʻladi va tadqiqotlarning davomiyligi ham qatnashchi va fakultet kelishuviga koʻra belgilanadi. Tadqiqotlar davomiyligi 10 haftagacha (iyun o’rtalaridan sentyabr oxirigacha) boʻlishi nazarda tutilgan. Dastur uchun grant ham ajratilgan boʻlib, bu orqali tashkilotchilar qatnashchilarga moddiy jihatdan yordam berishni maqsad qilgan.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan qatnashchilarning koʻpchiligi quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Germaniyadagi Martinsried shahriga kelish va ketish xarajatlari toʻliq qoplanadi. Bu shahar Myunxenga yaqin masofada joylashgan.
  • Amaliyot dasturi davomida turar joy bilan ta’minanadi.
  • Hayot kechirish xarajatlari uchun oylik 800 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod oliy ta’lim muassasasida biologiya, kimyo, fizika, psixologiya, neyrologiya, matematika, kompyuter fanlari kabi yo’nalishlarda bakalavr kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod bu yerdagi mavzularda olib borilayotgan tadqiqotlarga chuqur qiziqish bildiradigan shaxs boʻlishi kerak.
  4. Nomzodlar a’lochi va tirishqoq boʻlishlari kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi. Natijalar mart oyi oxirida e’lon qilinadi.

May-avgust oylarida olib boriladigan tadqiqot dasturida ishtirok etish uchun shu yerda onlayn ariza topshirish kerak.

Ariza topshirish jarayonida nomzoddan quyidagi hujjaylar talab qilinishi mumkin:

  1. Tavsiyanoma.
  2. CV/resume.
  3. Motivatsion xat.
  4. Til sertifikati.
  5. Oʻqish joyidan ma’lumotnoma.
  6. Pasport nusxasi.
  7. O’qishni tamomlagan nomzodlar uchun: diplom va ilovasi.

Ma’lumot uchun: maxsip@neuro.mpg.de elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!