×

Germaniya: MBA kursi uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

31.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3493 marta

Berlin Ijodiy Liderlik Maktabi (Berlin School of Creative Leadership)ning Executive Master of Business Administration kursi uchun grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar 2018-yil 9-sentabrda boshlanadigan Executive MBA kursi uchun ajratilgan.

Ajratilgan grantlar soni: 1 ta 23 000 yevro va 3 ta 10 000 yevrogacha.

Grant kimlar uchun?

MBA kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Asosiy grantni qo’lga kiritgan talabaning o’qish xarajatlari qoplanishi uchun 23 000 yevro mablag’ ajratiladi.
  2. Undan tashqari, final bosqichiga yetib kelgan yana uch nafar nomzodga ham 10 000 yevrogacha mablag’lar ajratilishi nazarda tutilgan.

Talablar:

Eng munosib nomzoddan quyidagilar kutiladi:

  • OAV, texnologiya, reklama, ko’ngilochar va raqamli xizmatlar yoki shu kabi sohalarda rahbar sifatida yutuqlarga erishganlik,
  • Sifatli ta’lim olganligi (strong academic background)
  • Ijodiy fikrlash qobiliyati,
  • Va ish jarayonida erishilgan va ijodiy yutuqlar qaydnomasi.

Dasturga qabul jarayoni:

Kerakli hujjatlar:

  1. To’ldirilgan ariza.
  2. Quyidagi savolga javob berilgan insho:

“Reconquer” is DLD’s call to action and theme for 2018 – Businesses and consumers today find themselves at the edge of a new era of machine-learning. As has happened in the past, the most effective leaders and businesses will be those who reconquer these far-reaching changes. How do you think creative business leadership can both harness these new technological forces and liberate human-driven innovation for the benefit of future markets and societies? Please provide examples to support your thoughts.”

Grantga hujjat topshirish uchun Berlin School’ning onlayn portalidan foydalanish mumkin.

Eslatmalar

  • Ma’lumot o’rnida: DLD-grant ta’sischilaridan biri bo’lib, Berlin School of Creative leadership bilan hamkorlikda ushbu grantlarni taqdim etadi.
  • Onlayn ariza topshirish jarayonida baholar ilovasi ham taqdim etilishi kerak.
  • Ma’lumot uchun: +49 (0)30 88 49 80 80, tejo@berlin-school.com.
  • Berlin School of Creative Leadership qabul bo’limi: admissions@berlin-school.com, +49 (0) 30 8849 8080.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!