×

Germaniya: Mukofot jamgʻarmasi 50 000 yevroli fotosuratlar tanlovi; gʻolib Germaniyadagi koʻrgazmada qatnashadi!


Grant

MUHLAT

01.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1788 marta

Germaniyaning Wetzlar shahrida joylashgan Leica Camera AG kompaniyasi havaskorlar va professional fotosuratchilarni Leica Oskar Barnack Award fototanlovida ishtirok etishga taklif etmoqda. Bu fotograflar orasida oʻtkaziladigan eng nufuzli tanlovlardan biri. Leica Oskar Barnack Award mukofoti oʻzlarining bir qator asarlari orqali inson va atrof-muhit oʻrtasidagi munosabatlarni aniq aks ettira oladigan mualliflarga beriladi. Leica Oskar Barnack mukofoti an’anaviy dasturga asoslangan holda, finalistlarni koʻrib chiqadi va 30 dan ortiq mamlakatdan 70 nafar taniqli fotograf mutaxassislar nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni aniqlaydilar. Tanlov doirasida ikki nominatsiya boʻyicha gʻolib aniqlanadi:

  • “Leica Oskar Barnack Award”professional fotosuratchilar uchun
  • “Leica Oskar Barnack Award Newcomer” – 30 yoshdan kichik havaskor fotosuratchilar uchun

Grant kimlar uchun?

Havaskorlar va professional fotosuratchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda ishtirokchilar quyidagiсha taqdirlanadilar:

  • Asosiy sovrin – “Leica Oskar Barnack Award” nominatsiyasi gʻolibiga 10 000 evrolik Leica M kamerasi va 40 000 evroga chek hamda suratlarini Leica Galerie koʻrgazmasida dunyo boʻylab namoyish etish imkoniyatiga beriladi.
  • “Leica Oskar Barnack Award Newcomer” nominatsiyasi gʻolibi Wetzlar shahridagi Leica Camera AG shtab-kvartirasida suratga olish va ikki haftalik oʻqish hamda 5000 evroga teng Leica Q kamerasiga ega boʻladi.
  • Final bosqichiga yetib kelgan 10 nafar ishtirokchining har biriga 2 500 yevrodan pul mukofoti beriladi.
  • Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 2020-yil 24-sentyabrda Wetzlarda boʻlib oʻtadi. Batafsil maʻlumot shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan boʻlishi mumkin
  2. Tanlovda barcha havaskor va professional fotosuratchilar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Fotografning ishi insoniyat va uning atrof-muhit oʻrtasidagi munosabatlar mavzusidagi hujjatli yoki kontseptual ish boʻlishi kerak.
  4. “Leica Oskar Barnack Award Newcomer” nominatsiyasi uchun nomzod 30 yoshdan kichik boʻlishi kerak.

Fotosuratlarga qoʻyilgan talablar:

  1. Tanlovda ishtirok etish uchun hajmi kamida 1200 pixels boʻlgan 12 ta fotosuratlar taqdim etilishi kerak.
  2. Suratlar 72dpi, JPG formatida va RGB ranglar oraligʻida, internetda koʻrish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak.
  3. Suratlarning har biri 3MBdan oshmasligi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun aniq dedlayn berilmagan. Avvalgi yilgi muhlat 1-aprel boʻlganligini hisobga olib, shartli ravishda dedlayn 2020-yil 1-aprel, deb olindi. Tanlovga onlayn ariza berish kerak.

Talabga javob bermaydigan format yoki kattalikdagi ishlanmalar qabul qilinmaydi. Hujjatlarga qoʻyilgan talablar haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda. Oldingi tanlovda gʻolib boʻlgan asarlar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Tanlov haqidagi toʻliq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy sayti va tanlov shartlaridan topishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +49(0)6441-2080-0

E-mail: oskar-barnack-award@leica-camera.com

Internet:  www.leica-camera.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!