×

Germaniya: PhD bosqichi uchun toʻliq grant; barcha xarajatlar qoplanadi; oila a’zolariga alohida mablagʻ ajratiladi; oylik stipendiya – 1450 yevro; joy – 120 ta!


Grant

MUHLAT

15.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3150 marta

Germaniyaning German Federation of Trade Unions (DGB) tarkibiga kiruvchi Hans Böckler Foundation fondi Hans Böckler Foundation: PhD scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 2,5 yilgacha muddatga moʻljallangan. Grant Germaniya universitetlarining PhD bosqichlariga oʻqishga kirgan 120 nafar a’lochi, lider va ijtimoiy faol izlanuvchilarga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar yuqori bilimli va salohiyatli, a’lochi, tadqiqotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan 120 nafar nomzodning ikki yil davomida:

  1. Oʻqish xarajatlari toliq qoplab beriladi.
  2. Yashash xarajatlari uchun oylik 1350 yevro stipendiya ajratiladi.
  3. Oila a’zolari bilan yashashga sharoit yaratilish mumkin.
  4. Bolalar uchun alohida qoʻshimcha stipendiya toʻlanadi.
  5. Turar joy xarajatlari qoplab beriladi.
  6. Qoʻshimcha xarajatlar uchun yana oyiga 100 yevro beriladi.
  7. Texnik yoki boshqa sabablarga koʻra muammolar tugʻilganda grant muddati 6 oygacha uzaytiriladi.

Dastur haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod Germaniya universitetlarining PhD bosqichlariga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  • Davlat boshqaruvi, kasaba uyushmalari yoki siyosiy sohada ish tajribasiga ega nomzodlarning grant yutish ehtimoli oshadi.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi kerak, chunki darslar ingliz tilida olib boriladi. Ammo «Deutsche Sprachprüfung für den Hochschulzugang» kamida 2 DSH, «Test Deutsch als Fremdsprache» kamida 4-daraja yoki Gyote Institutining «Zertifikat C 1» darajasida nemis tilini bilishi ham talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Germaniya universitetlarining PhD bosqichlariga oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga ariza topshirish tanlangan universitet va kurs sahifasidan aniqlanadi. Grantga ariza dedlayni 2019-yil 15-oktabrgacha, ammo imkon qadar erta ariza topshirish maqsadga muvofiq.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Grantga hujjat topshirish  ariza berish orqali amalga oshiriladi. Oʻzbekistonlik talabalar uchun talablar: shu yerda.
  2. Hujjat topshirishdan oldin dedlayn va hujjatlar tarkibi haqida tanlangan universitet va kurs sahifasidagi ma’lumotlar orqali batafsil oʻrganib chiqing. Agar jarayonda muammo tugʻilsa, tanlangan universitet sahifasidagi manzillarga murojaat qiling.
  3. Ariza topshirishdan avval yoʻriqnomani esa: shu yerda oʻqib chiqing.
  4. Ariza berilgandan keyin, agar nomzod stipendiyaga loyiq topilsa, 2 ta tavsiyanoma va qoʻshimcha hujjatlar soʻraladi. Bular haqida: rasmiy saytda ma’lumot berilgan.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Motivatsion xat.
  • CV/rezyume.
  • Diplomi nusxalari. Diplomlar nemis oliygohlarida qabul qilish talablariga mos kelishi kerak.
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi topshirilishi kerak.
  • Ingliz tili sertifikati (kamida CEFR boʻyicha B2).
  • Nemis tili sertifikati.
  • Ikkita tavsiyanoma.
  • Tanlangan kurs va bosqichga qarab boshqa qoʻshimcha hujjalar talab qilinishi mumkin.
  • Ijtimoiy faollik haqida hujjat.

Talablar haqida toʻliq maʼlumot bilan: shu yerda tanishish mumkin.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga imkon qadar tez muddatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: bewerbung@boeckler.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!