×

Germaniya: PhD kurslarida tahsil olish uchun to‘liq grant!


Grant

MUHLAT

08.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2085 marta

Germaniyaning Max Planck Institute for Chemical Ecology (MPICE) hamda Friedrich Schiller University of Jena (FSU) oliygohlari hamkorligida tashkil etilgan International Max Planck Research School (IMPRS)  maktabi PhD bosqichidagi tadqiqotchilariga bir necha grantlar taklif etmoqda. Tadqiqotlar kimyo, ekologiya va molekulyar biologiya sohalari bo‘yicha olib boriladi va dastur yakunida tadqiqotchilarga Friedrich Schiller University tomonidan doktorlik darajasi beriladi. Ushbu grant dasturi 2020-yil kuzda boshlanadigan, 3 yillik PhD kurslariga qabul qilingan/qilinadigan mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan. Dastur doirasida bir nechta tadqiqotchiga grant ajratish rejalashtirilgan. Barcha ochiq o‘rinlar quyida berilgan:

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bo‘yicha oliygohda o‘qish mutlaqo bepul. Iqtidorli tadqiqotchilar IMPRS stipendiya dasturiga hujjat topshirishlari mumkin. Shuningdek, dastur qatnashchilariga har yili o‘tkaziladigan Annual IMPRS Symposium’da qatnashish imkoni ham beriladi. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarlari ariza berishlari mumkin.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod International Max Planck Research School (IMPRS)  maktabi PhD bosqichiga hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  4. Nomzod molekulyar biologiya, ekologiya, mikrobiologiya, kimyo, biokimyo, etimologiya, bioinformatika yoki shunga yaqin sohalar bo‘yicha magistrlik darajasiga ega bo‘lishi kerak.
  5. Nomzodning egallagan xohasi bo‘yicha tadqiqot/mehnat tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
  6. Nomzod o‘zida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga bo‘lgan kuchli qiziqishni namoyon etishi zarur.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar haqida shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod 2020-yilning 30-martidan 8-mayiga qadar ariza va barcha kerakli hujjatlarni onlayn portal orqali IMPRS ha’yatiga taqdim qilishi kerak. Hozir qabul yopiq va u 30-martda ochiladi.

Saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar bilan oliygoh hay’ati skype orqali suhbat o‘tkazadi. Final bosqichiga o‘tgan nomzodlar bilan bo‘ladigan suhbat oliygohning o‘zida o‘tkaziladi. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Muhim sanalar:

  • Ariza topshirish: 30-martdan 8-maygacha.
  • Tavsiyanomalarni yuborish: 15-maygacha.
  • Skype orqali o‘tkaziladigan suhbatlar: 2-19-iyun.
  • IMPRS oliygohida (Jena shahrida) boladigan tanishuv/suhabat jarayoni: 29-iyundan 3-iyulgacha.
  • Yakuniy natijalar: 25-26-avgust.
  • Dasturning boshlanishi: g‘olib tadqiqotchilar dasturni 2020-yil 1-sentabrdan boshlashlari mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Motivatsion xat.
  3. CV
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Magistrlik diplomi.
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. Ingliz tilini o‘zlashtirganlik sertifikati.
  8. Ro‘yxatdan o‘tish raqami (bu raqam onlayn ariza portaliga o‘z arizasini muvaffaqiyatli topshirgan har bir nomzodga beriladi).

Barcha hujjatlar ingliz/nemis tilida bo‘lishi, boshqa tilda bo‘lgan hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga taqdim etilishi zarur.

Grant haqidagi to‘liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan bilib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: mbolney@ice.mpg.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!