×

Germaniya: Postdoktorlar uchun barcha xarajatlar qoplanadigan dastur; oylik 3 150 yevrogacha stipendiya; oila aʼzolarga alohida moddiy yordam beriladi; joy – 75 ta!


Grant

MUHLAT

15.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1877 marta

Germaniyaning Gambold Fondi – Humboldt Foundation doktorlik ishini oxirgi 12 yil ichida himoya qilgan tadqiqotchilardan  Georg Forster Research Fellowship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 6 oydan 24 oygacha moʻljallangan. Grant yutib olgan nomzodlar dastur doirasida oila aʼzolari bilan Germaniyada yashashlari mumkin.

Ushbu grant rivojlanayotgan davlatlar vakillariga beriladi. Dastur chet ellik ilmiy tadqiqotchilar bilan tajriba almashish, universitetlar orasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil qilingan.

Grant kimlar uchun?

Postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • 6 oydan 24 oygacha Germaniyada yashash va tadqiqot olib borish imkoniyati beriladi.
  • Nomzod dastur doirasida oila aʼzolarini Germaniyaga olib kelib, birga yashashi mumkin.
  • Doktorlik ishini oxirgi 4 yilda himoya qilgan nomzodga har oyda taxminan 2650 yevro, oxirgi 12 yilda himoya qilganlarga esa 3 150 yevro stipendiya beriladi.
  • Agar nomzodning turmush oʻrtogʻi Germaniyaga kelsa, har oylik stipendiyasiga yana 326 yevro qoʻshib beriladi.
  • Agar nomzodning farzandlari ham davlatga yashash uchun kelishsa, har bir kichik yoshdagi bola uchun oylik stipendiyaga yana 244 yevrodan qoʻshimcha toʻlanadi (masalan, nomzodning turmush oʻrtogʻi va 2 farzandiga har oylik 3 150 yevro stipendiyasiga 814 yevro qoʻshib toʻlanadi).
  • Nomzodning oʻzi va turmush oʻrtogʻi til oʻrganish kurslarida oʻqisa, oʻqish haqi tashkilot tomonidan toʻlanishi mumkin.
  • Agar nomzod yolgʻiz ona (ota) boʻlsa va oʻqishga kelgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan bitta farzandi bor boʻlsa, har oyda unga stipendiyasidan tashqari 400 yevro toʻlanadi. Voyaga yetmagan (bittadan ortiq boʻlsa) boshqa bolalarining har biri uchun 100 yevrodan beriladi.
  • Agar nomzodning oʻqishga 12 yoshgacha farzandi bilan kelsa, stipendiya berish muddati 12 oygacha uzaytirilishi mumkin.
  • Nomzodning ilmiy tadqiqotlar olib borishi uchun sarflanadigan (texnika fanlari uchun 800 yevro, ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun 500 yevro) oylik xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi.
  • Nomzod dasturda qatnashayotgan vaqtida tadqiqot olib borishi uchun Yevropaning boshqa davlatlaridan birida joylashgan universitetga borishi zarur boʻlsa, uning barcha yoʻl va tadqiqot xarajatlari qoplanadi.
  • Nomzod oʻqishni tugatgandan keyin ham Gambold Jamgʻarmasi uni tegishli tartibda qoʻllab-quvvatlaydi.
  • Dastur doirasida ustoz nomzod bilan individual ish olib boradi.
  • Oʻqish muddati nomzodning istagiga qarab oʻzgarishi mimkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Rivojlanayongan davlatlar fuqarolari, jumladan oʻzbekistonlik nomzodlar ariza topshira oladi.
  • Nomzod doktoranturada oʻqib, dissertatsiya himoya qilganiga 12 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ilmiy ishlar roʻyxati, nashr ishlari, diplom va hokazo hujjatlari joylashtirilgan shaxsiy profili (portfolio)ga ega boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Germaniyada ilmiy rahbar, qabul qiluvchi universitet roziligi, tadqiqot oʻtkazishga ruxsatnomasi mavjud boʻlishi kerak.
  • Nomzod dasturga ariza berayotgan vaqtda Germaniyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod nemis yoki ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Jamgʻarma nomzodlardan Ilmiy amaliyot qoidalariga qatʼiy roya qilishni talab qiladi.

Grantga oid barcha talablar hamda toʻliq ma’lumot: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Hujjat topshirish uchun dedlayn muddati 2019-yil 15-iyungacha. Nomzodlardan hujjatlarni toʻgʻri va toʻliq toʻldirish talab etiladi. Buning uchun avval Jamgʻarmaning onlayn tizimida roʻyxatdan oʻtish kerak.

Hujjat topshirishdan oldin Hujjat topshirishdan oldin Programme information for postdocs va Programme information for experienced researchers bilan batafsil tanishib chiqing.

bilan batafsil tanishib chiqing.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  • Ariza va tadqiqot olib borishga layoqatini tasdiqlovchi hujjatlar.
  • 2 betgacha hajmda CV/rezyume.
  • 5 betgacha hajmda tadqiqot rejasi.
  • Toʻliq nashrlar roʻyxati.
  • Asosiy tanlangan nashrlar roʻyxati.
  • Tayanch nashr (ilmiy maqola va h.k.)lar roʻyxati.
  • Doktorlik diplomi nusxalari.
  • Nemis tili setifikati (agar bor boʻlsa).
  • Ekspertlar tomonidan yozilgan 2 ta tavsiyanoma (taqriz). Taqrizchilar xorijlik ekspertlar boʻlsa, bu arizaning koʻrib chiqilishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
  • Agar talab qilinsa, amaliyotga qabul qilinganlik haqidagi hujjat (bu nomzodning Germaniyadagi qaysi universitetda tadqiqot olib borishi va tanlagan ilmiy rahbari bilan kelishib hal qilinadi), hamda asosiy ilmiy ishlarining tarjimalarini joʻnatilishi mumkin.

*Talablar haqida toʻliq maʼlumot bilan: shu yerda va shu yerda tanishish mumkin.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

Nomzodlar joʻnatgan hujjatlariga asosan Jamgʻarmaning mustaqil taqrizchilari va komissiyasi tomonidan saralanadilar. Komissiya barcha soha vakillaridan tuzilgan.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dastur boshlanguncha elektron pochta orqali xabar beriladi.

Hujjat topshirish va saralash jarayoni uzoq muddat – koʻpi bilan 2 yilgacha davom etishi mumkin. Barcha bosqichlar va ularning muddati grant sahifasidagi saralash jarayoni haqida maʼlumotda berilgan.

Bogʻlanish uchun:

Manzil:

Alexander von Humboldt Foundation

Jean-Paul-Str. 1253173 Bonn

GERMANY

Alexander von Humboldt Foundation

Berlin Office

WissenschaftsForum

Markgrafenstr. 37

10117 Berlin

GERMANY

Elektron pochta: info@avh.de

Telefon: +49 (0)228-833-0

Faks: +49 (0)228-833-199

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!