×

Germaniya: Postdoktorlar uchun tadqiqot dasturi; oyiga 3150 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1591 marta

Germaniyaning Gambold Fondi – Humboldt Foundation doktorlik ishini yaqin 12 yil ichida himoya qilgan tadqiqotchilardan Humboldt Research Fellowship for Experienced Researchers dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur 6 oydan 18 oygacha moʻljallangan. Grant yutib olgan nomzodlar dastur doirasida oila aʼzolari bilan Germaniyada yashashlari mumkin.

Ushbu stipendiya dasturi chet ellik ilmiy tadqiqotchilar bilan tajriba almashish, universitetlar orasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil qilingan. Hujjatlar yil davomida qabul qilinadi.

Tadqiqotchilar deyarli barcha sohalar boʻyicha tadqiqot olib borishlari mumkin. Tadqiqot sohalar bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturani tamomlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • 6 oydan 18 oygacha Germaniyada yashash va tadqiqot olib borish imkoniyati beriladi.
  • Nomzod dastur doirasida oila aʼzolarini Germaniyaga olib kelib, birga yashashi mumkin.
  • Nomzodga har oyda 2650 yevro (podstdoktorlarga) yoki 3 150 yevro (tajribali tadqiqotchilarga) stipendiya beriladi.
  • Agar nomzodning turmush oʻrtogʻi Germaniyaga kelsa, har oylik stipendiyasiga yana 326 yevro qoʻshib beriladi.
  • Agar nomzodning farzandlari ham davlatga yashash uchun kelishsa, har bir kichik yoshdagi bola uchun oylik stipendiyaga yana 244 yevrodan qoʻshimcha toʻlanadi (masalan, nomzodning turmush oʻrtogʻi va 2 farzandiga har oylik 3 150 (2650) yevro stipendiyasiga 814 yevro qoʻshib toʻlanadi).
  • Nomzodning oʻzi va turmush oʻrtogʻi til oʻrganish kurslarida oʻqisa, oʻqish haqi tashkilot tomonidan toʻlanishi mumkin.
  • Agar nomzod yolgʻiz ona (ota) boʻlsa va oʻqishga kelgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan bitta farzandi bor boʻlsa, har oyda unga stipendiyasidan tashqari 400 yevro toʻlanadi. Voyaga yetmagan (bittadan ortiq boʻlsa) boshqa bolalarining har biri uchun 100 yevrodan beriladi.
  • Agar nomzodning oʻqishga 12 yoshgacha farzandi bilan kelsa, stipendiya berish muddati 12 oygacha uzaytirilishi mumkin.
  • Nomzodning ilmiy tadqiqotlar olib borishi uchun sarflanadigan (texnika fanlari uchun 800 yevro, ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun 500 yevro) oylik xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi.
  • Nomzod dasturda qatnashayotgan vaqtida tadqiqot olib borishi uchun Yevropaning boshqa davlatlaridan birida joylashgan universitetga borishi zarur boʻlsa, uning barcha yoʻl va tadqiqot xarajatlari qoplanadi.
  • Nomzod oʻqishni tugatgandan keyin ham Gambold Jamgʻarmasi uni tegishli tartibda qoʻllab-quvvatlaydi.
  • Dastur doirasida postdoktorlar oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatilishi mumkin.

Tibbiy sugʻurta, sayohat va viza xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza topshira oladi.
  • Nomzod doktoranturada oʻqib, dissertatsiya himoya qilganiga 12 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ilmiy ishlar roʻyxati, nashr ishlari, diplom va hokazo hujjatlari joylashtirilgan shaxsiy profili (portfolio)ga ega boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Germaniyada ilmiy rahbar, qabul qiluvchi universitet roziligi, tadqiqot oʻtkazishga ruxsatnomasi mavjud boʻlishi kerak.
  • Nomzod ikkita eskpert tomonidan tavsiyanoma (expert review) olib, komissiyaga taqdim etishi kerak. Tavsiyanomalar tashqi, yaʼni xorijiy ekspertlardan olingan boʻlsa, yanada yaxshi.
  • Nomzod dasturga ariza berayotgan vaqtda Germaniyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod nemis yoki ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Jamgʻarma nomzodlardan Ilmiy amaliyot qoidalariga qatʼi roya qilishni talab qiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Hujjat topshirish uchun dedlayn muddati yoʻq, yaʼni, hujjatlar yil davomida qabul qilinadi. Ammo nomzodlardan hujjatlarni toʻgʻri va toʻliq toʻldirish talab etiladi. Buning uchun avval Jamgʻarmaning onlayn tizimida roʻyxatdan oʻtish kerak.

Hujjat topshirishdan oldin The Information of Programme bilan batafsil tanishib chiqing.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  • Ariza va tadqiqot olib borishga layoqatini tasdiqlovchi hujjatlar.
  • 2 betgacha hajmda CV/rezyume.
  • 5 betgacha hajmda tadqiqot rejasi.
  • Toʻliq nashrlar roʻyxati.
  • Asosiy tanlangan nashrlar roʻyxati.
  • Tayanch nashr (ilmiy maqola va h.k.)lar roʻyxati.
  • Doktorlik diplomi nusxalari.
  • Nemis tili setifikati (agar bor boʻlsa).
  • Ekspertlar tomonidan yozilgan 2 ta tavsiyanoma (taqriz). Taqrizchilar xorijlik ekspertlar boʻlsa, bu arizaning koʻrib chiqilishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
  • Agar talab qilinsa, amaliyotga qabul qilinganlik haqidagi hujjat (bu nomzodning Germaniyadagi qaysi universitetda tadqiqot olib borishi va tanlagan ilmiy rahbari bilan kelishib hal qilinadi), hamda asosiy ilmiy ishlarining tarjimalarini joʻnatilishi mumkin.

*Talablar haqida toʻliq maʼlumot bilan: SHU YERDA tanishish mumkin.

Nomzodlar joʻnatgan hujjatlariga asosan Jamgʻarmaning 50 kishilik komissiyasi tomonidan saralanadilar. Komissiya barcha soha vakillaridan tuzilgan. Agar nomzod saralashdan oʻtolmasa, keyingi arizasini 18 oydan keyin topshira oladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dastur boshlanguncha elektron pochta orqali xabar beriladi.

Dastur Nizomi bilan SHU YERDA, koʻp beriladigan savollar va ularga javoblar bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

*Eslatma. Hujjat topshirish va saralash jarayoni uzoq muddat – koʻpi bilan 2 yilgacha davom etishi mumkin. Barcha bosqichlar va ularning muddati grant sahifasidagi saralash jarayoni haqida maʼlumotda berilgan.

Elektron pochta: info@avh.de

Telefon: +49 (0)228-833-0

Faks: +49 (0)228-833-199

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!