×

Germaniya: Postdoktorlar uchun tadqiqotga 2,2 million yevrogacha grant; joy – 15 tagacha!


Grant

MUHLAT

01.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3040 marta

Germaniyaning Die Volkswagen Stiftung Jamgʻarmasi Freigeist Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur ikki bosqichda umumiy sakkiz yilgacha muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar head of junior research group lavozimida ishlaydilar. Grant koʻpi bilan 4 yil ichida PhD yoki doktorlik ishini himoya qilgan 10-15 nafargacha barcha soha vakillariga beriladi. Ishtirokchilarga oylik maosh, oila uchun moddiy yordam ajratiladi. Grant yutib olgan nomzodlar fanlararo, tashkilotlararo, hattoki davlatlararo chegaralarni yoʻqota oladigan katalizator vazifasini bajarishi rejalashtirilgan. Freigeist xodimi innovatsion yechimlar, tanqidiy tahlil va tasavvurni uygʻunlashtirishda yangi qirralarni kashf etadi.

Grant ajratishda bir necha fanlararo tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi nomzodlarga koʻproq urgʻu beriladi.

Grant doirasida nomzod qoʻshimcha oʻquv kurslarida oʻqishi va oila a’zolarini ham olib kelib birga yashashi koʻzda tutilgan.

Grant kimlar uchun?

Doktorlik ishini himoya qilganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Loyihaning davomiyligiga qarab ikki bosqich, umumiy sakkiz yilgacha Germaniyada yashash va tadqiqot olib borish imkoni beriladi.
  2. Har ikki bosqich (1-bosqich 5 yil, 2-bosqich 2 yil yoki 1-bosqich 6 yil 2-bosqich 3 yil) uchun hammasi boʻlib umumiy 2,2 million yevrogacha moliyaviy mablagʻ beriladi. Grant hajmi sohalarga qarab farq qiladi. Masalan, ijtimoiy fanlar uchun kamroq, texnika va aniq fanlar uchun koʻproq pul ajratilishi mumkin.
  3. Grant muddati tugaguncha nomzodlarga yillik 80 400 dan 84 000 yevrogacha maosh beriladi.
  4. Oʻquv qurollari va kitoblar kabi mayda xarajatlar uchun sarflarni tashkilot qoplaydi.
  5. Nomzodga konferensiyalarda ishtirok etish uchun safar xarajatlarini qoplashga 1000 dan 2000 yevrogacha mablagʻ ajratiladi.
  6. Nomzodga turarjoy ijarasi uchun 1000 yevro (yolg’iz nomzod) dan 1500 yevro (oilasi bilan birga yashasa)gacha berilishi mumkin.
  7. Nomzod oʻqish paytida tadqiqot olib borayotgan davlatda farzandlari bilan yashayotgan boʻlsa, birinchi farzand uchun 400 yevro, boshqa har bir bola uchun 100 yevrodan qoʻshiladi.
  8. Nomzodga dastur doirasida konferensiya, seminar kabilarda ishtirok etishi mumkin.

Grant shartlari batafsil: shu yerda, Germaniyada oila a’zolari bilan yashashni istagan nomzodlar uchun talablar esa: shu yerda koʻrsatilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Germaniyaning biror universiteti yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida tadqiqotchi sifatida roʻyxatda turishi kerak. Chunki grant jismoniy shaxslarga berilmaydi. Demak, grantga ariza berishdan oldin davlatdagi tanlangan soha boʻyicha universitetga hujjat topshirish kerak boʻladi.
  • Nomzod tegishli mutaxassislik boʻyicha PhD/DSc darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzor ilmiy daraja olganiga 4 yildan oshmagan bo’lishi kerak, shuningdek, 2021-yilning 1-aprel holatiga PhD/DSc himoya qilganiga 1 yil to’lmagan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  • Fond maqsadi va vazifalari aniq boʻlmagan loyihalarga grant bermaydi.
  • Taqdim etilayotgan loyiha dunyo boʻyicha fanlararo, tashkilotlararo, davlatlararo chegaralarni yoʻqota oladigan yangilikni kiritishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini va/yoki nemis tili yaxshi bilishi hamda a’lochi boʻlishi zarur.
  • Nomzoddan loyihasi amalga oshgandan soʻng nufuzli nashrlarda e’lon qilishi, shuningdek, loyihaning Fond tomonidan moliyalashtirilishi masalasini ham eslatib oʻtilishi kutiladi.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Arizada nomzod haqida, nomzodni qabul qilgan universitet/tashkilot toʻgʻrisida ma’lumot, loyiha va loyihani moliyalashtirish xarajatlari, loyihaning amalga oshirilish muddati kabilar yozilishi kerak. Ariza va unga ilova qilinadigan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF formatida qabul qilinadi. Hujjat topshirishdan avval „Electronic Application System – Instructions and Tips“ bilan batafsil tanishib chiqish lozim.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  1. Cover letter.
  2. Loyiha haqida qisqacha summary (nemis tilida 1 betgacha annotatsiya).
  3. Loyiha haqida qisqacha summary (ingliz tilida 1 betgacha annotatsiya).
  4. Creative presentation of the project. Taqdimot video, podkast, gazeta maqolasi va h.k koʻrinishda boʻlishi kerak (2 daqiqa/1 bet). Podkast va video uchun CryptSharedan foydalanish, gazeta maqolasini esa PDF formatida krueger@volkswagenstiftung.de manziliga joʻnatish zarur.
  5. Project proposal (12 kegl, 1,5 intervalda 15 betgacha).
  6. List of references/bibliography.
  7. Justification of budget (xarajatlar smetasi).
  8. Quotations for equipment (ayrim loyihalar uchun oldindan tajriba uchun kerakli jixoz sotib olingan boʻlishi kerak. Bu hamma loyihalar uchun talab qilinnaydi. Toʻliq ma’lumotni shu yerdan oling).
  9. CV va list of publications.
  10. DSc yoki PhD diplomi nusxasi.
  11. Qabul qilayotgan tashkilot (universitet/ilmiy tekshirish instituti) tomonidan berilgan Binding declaration.
  12. 3 tagacha maqola.

Barcha hujjatlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Shaxsiy fazilatlari.
  • Loyhaning sifati va originalligi.
  • Tadqiqotning mustaqil bajarilishi.
  • Muammoga yangicha yondashuv, tadqiqotning yangi metodlari va fanlararo integratsiya.
  • Mavjud toʻsiq va tavakkalchilikni real bayon etilishi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Natijalar saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dedlayndan toʻqqiz oy oʻtib e’lon qilinadi. Grant dasturi esa e’londan olti oy keyin boshlanadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!