Germaniyaning Bayer Science & Education Foundation jamg’armasi Bayer Foundation Fellowship Program dasturining “Science for a Better Life” turkumiga kiruvchi Otto Bayer Scholarship, Carl Duisberg Scholarship, Jeff Schell Scholarship, Kurt Hansen Scholarship va Hermann Strenger Scholarship dasturlari bo’yicha grantlar taklif qilmoqda. Grantlar biomuhandislik, bioinformatika, biotexnologiya, biologiya, kimyo, molekulyar biologiya va farmasevtika yo’nalishlari bo’yicha Germaniyaning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish/amaliyot o’tash maqsadidagi talaba, tadqiqotchi hamda yosh mutahassislar uchun ajratiladi. Dasturga 2019-yil sentabrida boshlanadigan maxsus kurslar, laborotoriya tadqiqotlari, yozgi maktab, amaliyot dasturlari, magistratura hamda PhD kurslarida o’qish niyatidagi nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli xorijlik talaba/tadqiqotchilarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchi va yosh mutaxassislar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida 5 nafar talaba/tadqiqotchiga grant ajratish rejalashtirilgan.
Stipendiatlarning har biriga o’zi tanlagan dasturdan kelib chiqib, lekin 20 000 yevrodan (taxminan 22 400 AQSh dollari) oshmaydigan miqdorda mablag’ ajratish ko’zda tutilgan.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod Germaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
- Nomzod Germaniyaning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish/amaliyot o’tash maqsadidagi talaba, tadqiqotchi yoki yosh mutahassis (o’qishni tamomlaganiga 2 yildan ko’p bo’lmagan) bo’lishi kerak.
- Nomzod Germaniya oliy ta’lim muassasalaridan birining 2019-yil sentabrida boshlanadigan mahsus kurslar, laborotoriya tadqiqotlari, yozgi maktab, amaliyot dasturlari, magistratura yoki PhD kurslarida o’qish/tadqiqot olib borish taklifini qo’lga kiritgan bo’lishi kerak.
- Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
- Grantlar 2 yildan oshmaydigan muddatdagi loyihalar uchun ajratiladi.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Barcha dasturlar bo’yicha arizalar 2019-yil 1-iyundan 14-iyulgacha qabul qilinadi. Arizalar faqat onlayn tarzda, tashkilotchining rasmiy saytida topshirilishi mumkin (ariza topshirish portali arizalar qabul qilinishi boshlanganidagina paydo bo’ladi).
Kerakli hujjatlar:
Otto Bayer Scholarship, Carl Duisberg Scholarship, Jeff Schell Scholarship va Kurt Hansen Scholarship dasturlari bo’yicha hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar:
- Nomzodning Germaniyadagi OTMga 2019-yil sentabrda boshlanadigan o’qish yoki biror dastur bo’yicha amaliyotga qabul qilinganligi haqidagi hujjat.
- Qabul qilingan loyiha tavsifi va uning moliyaviy (2-12 oyga mo’ljallangan sarf-xarajat) rejasi.
- Nomzod olgan eng oxirgi ilmiy daraja va baholardan ko’chirma.
- Rasm.
- CV.
- Arizani to’ldirishi mumkin bo’lgan qo’shimcha hujjat (ihtiyoriy).
Hermann Strenger Scholarship dasturi bo’yicha hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar:
- Nomzodning Germaniyadagi OTMga 2019-yil sentabrda boshlanadigan o’qish yoki biror dastur bo’yicha amaliyotga qabul qilinganligi haqidagi hujjat.
- Qabul qilingan loyiha tavsifi va uning moliyaviy (2-12 oyga mo’ljallangan sarf-xarajat) rejasi.
- Nomzod olgan eng oxirgi ilmiy daraja va baholardan ko’chirma.
- Rasm.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun:
Tel: +49 214-30-41111