×

Germaniya: talabalar va tadqiqotchilar uchun Berlinda tadqiqot qilish imkoniyati; oylik stipendiya – 1630 yevrogacha!


Grant

MUHLAT

15.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

11336 marta

The Berlin House of Representatives tomonidan tashkil etilgan fondning tadqiqotchilar uchun ajratilgan grantlariga arizalar har yili 15-dekabrgacha qabul qilinadi. Grantlar magistratura hamda doktorantura talabalari, postdoktor tadqiqotchilari va boshqa tadqiqotchilarga Germaniya poytaxti Berlin shahrida 1 yil davomida tadqiqot olib borish bilan birga davlatning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Grantlar tadqiqot uchun Berlindagi manbalardan foydalanish niyatidagi tadqiqotchilar uchun ajratilgan. Hujjat topshirish uchun nomzod avvaliga Berlinda joylashgan tadqiqot muassasasini topib, u yerda tadqiqot olib borishni kelishishi, o’ziga ilmiy rahbar topishi talab etiladi.

Dastur doirasida har yili 15 nafar grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura, doktorantura talabalari, postdoktor taqdqiqotchilar va boshqa tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan magistratura va doktorantura talabalariga turar joy xarajatlari bilan qo’shib hisoblaganda oyiga 1100 yevro, postdoktor tadqiqotchilariga 1630 yevro miqdorida stipendiya bir yil davomida har oy to’lab boriladi. Undan tashqari, yo’l xarajatlari uchun ham mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Kamida bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod bakalavr diplomini 25 yoshdan avval qo’lga kiritgan bo’lishi, hujjat topshirish vaqtida yoshi 35 dan oshmagan bo’lishi kerak.
  • Grantlar nomzodning erishgan yutuqlari, akademik darajasi, baholariga asosan belgilanadi, shuning uchun yuqori baholar, nashrlar va boshqa yutuqlarga ega nomzodlarning grant yutish ehtimollari balandroq bo’ladi.
  • Nomzod bakalavr kursini tamomlagach, ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etib kelayotgan bo’lishi zarur. Diplom olgach, ilmiy jihatdan faol bo’lmagan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
  • Nomzod Berlinda olib borish niyatidagi tadqiqotining aniq rejasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodlar tadqiqot olib borish uchun kerakli bo’lgan tillarni yaxshi bilishlari zarur. Nemis tilini bilish yetarli darajada bilish majburiy. Ingliz tilini bilmasdan topshirsa ham boʻladi, biroq ingliz tilini yaxshiroq biluvchilar, lekin nemis tili u qadar kuchli boʻlmaganlar ham topshira oladi (lekin nemis tilini muloqot qila olish darajasida bilish kerak).
  • Nomzod ariza topshirish vaqtida Berlindagi tadqiqot muassasasi bilan kelishib, ilmiy rahbar topgan, tadqiqot olib borishga kelishgan bo’lishi zarur. 
  • Nomzod tadqiqot nihoyasiga yetgach o’z vataniga qaytishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

Mazkur dasturga arizalar har yili 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza shakli
  • CV (fotosurat bilan)
  • Tadqiqot rejasi
  • Motivatsion insho
  • Berlindagi tadqiqot muassasalari yoki universitet vakillari bilan aloqa o’rnatilganining tasdig’i sifatida taklif xati
  • 2 ta tavsiyanoma
  • Barcha ilmiy darajalar diplomlari va baholari.

Hujjatlar studienstiftung@parlament-berlin.de elektron manziliga quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

Study Foundation of the Berlin House of Representatives
Niederkirchnerstr. 5D-10117 Berlin.
Tel. 0049-30-2325 2005.

MUHIM: Ariza topshirish harakatini boshlashdan oldin dasturning rasmiy saytidagi eʼlon va dastur yo’riqnomasibilan tanishib chiqing.

Ingliz tilida dastur yo’riqnomasi
Nemis tilida dastur yo’riqnomasi

Email: studienstiftung@parlament-berlin.de 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!