Germaniyaning poytaxti Berlin shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi “Talent Meets Bertelsmann” konferensiyasi uchun arizalar qabul qilinmoqda. 2022-yilgi konferensiya 22-29-iyun kunlari boʻlib oʻtadi (Berlinda). Konferensiyada bakalavriat, magistratura va doktorantura (PhD) bosqichi talabalari ariza topshirishlari mumkin. Pandemiya tufayli, bu safargi konferensiyada faqat Yevropada boʻlib turgan (tahsil olayotgan) talabalar ishtirok etishi mumkin.
Biznes, texnologiya va ijodkorlik innovatorlari uchun xalaro karyera tadbiri hisoblangan ushbu konferensiya ishtirokchilarga dunyodagi eng yirik media kompaniyalari haqida tushunchaga ega boʻlish va tanish orttirish (netvorking) imkoniyatini beradi.
Konferensiya va konferensiya doirasidagi barcha mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat, magistratura, PhD, doktorantura bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Konferensiyada ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyoz va imkoniyatlarga ega boʻladi:
- Ishtirok etish bepul
- Ishtirokchilar uchun bepul turar joy tashkillashtiriladi.
- Safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi: Germabniyada boʻlib turgan talabalar uchun 200 yevrogacha, Yevropaning boshqa davlatidan boruvchilarga 300 yevrogacha.
- Ishtirokchilar “Talent Meets Bartelsmann”ning aʼzosiga aylanadi.
- Konferensiya bazmida ishtirok etish imkoniga ega boʻladi.
- Yangi doʻst va tanishlar orttiradi.
- Jamoa tarzida gʻoya ishlab chiqib, mukofotlar yutib olish imkoniyati mavjud.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Istalgan davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin. Biroq nomzod Yevropada tahsil olayotgan bakalavriat, magistratura, PhD yoki doktorantura talabasi boʻlishi lozim.
- Nomzod data science (statistika, kompyuter fanlari yoki biznes tahlili kabi), biznes (iqtisodiyot yoki boshqaruv kabi) yoki ijodkorlik (gumanitar fanlar, media boshqaruvi yoki jurnalistika kabi) sohasida tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim, ingliz tilini bilishni tasdiqlovchi hujjat/sertifikat topshirish talab etiladi.
- Oʻqish jarayonidan tashqari, loyihalar/dasturlarda (amaliyot, tadqiqot ishi, xakaton, volontyorlik va hk) ishtirok etganlik tajribasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzodning oʻzlashtirish darajasi oʻrtachadan yuqori boʻlishi va kuchli tahliliy hamda muloqot koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod arizasida oʻzining axborot (data), biznes yoki ijodkorlik sohasida haqiqiy innovator boʻlishi kerak (bu ariza shakli va topshirilgan hujjatlar asosida aniqlanadi).
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar onlayn tarzda 2022-yilning 1-mayiga qadar qabul qilinadi. Ariza shaklida soʻralgan maʼlumotlar toʻldiriladi, shuningdek, CV va muqova xat (Cover Letter) topshirish kerak boʻladi.
Ariza topshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.
Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiytali oʻtganlar videokonferensiya yoki telefon orqali bʻladigan suhbatga taklif etiladi. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli oʻtganlar dasturga qabul qilingan hisoblanadi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan talentmeetsbertelsmann@bertelsmann.de elektron manzili orqali masʼul xodim Niki Kalkanovaga murojaat qilishingiz mumkin.