×

Germaniya: Technische Universität Ilmenau oliygohida bakalavriat va magistratura talabalari uchun til kurslari; barcha xarajatlar qoplanadi; stipendiya – 950 yevro!


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2999 marta

Germaniyaning DAAD dasturi Technische Universität Ilmenau (TUI) oliygohida tashkil etilgan qisqa kurslar uchun 42nd Summer Course – German for Technical Purposes dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur bakalavr va magistratura bosqichlari talabalari uchun moʻljallangan. Dastur maqsadi – talabalarga texnika yoʻnalishlarida nemis tili boʻyicha oʻz bilimlarini kengaytirishga imkon berish. DAAD grant yutgan talabalar uchun bu kurslarda qatnashishni moliyalashtirib beradi. Universitet qisqa kurslari haftasiga 25 soat, koʻpi bilan 144 soat, yani 4 ECT ga moʻljallangan va 2020-yil 3-avgustdan 26-avgustgacha 24 kun boʻladi. Dasturda barcha mashgʻulotlar nemis tilida olib boriladi. Har bir guruhda 25 tagacha talabalar birlashtiriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oʻqiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Talabaga 950 yevro miqdoridagi bir martalik stipendiya beriladi.
  2. Talabaga safar xarajatlarini qoplash uchun mablagʻ beriladi. Bu toʻlov dunyoning turli davlatlari uchun turlicha miqdorda boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston uchun bu mablagʻ 850 yevroni tashkil etadi. Boshqa davlatlar fuqarolari safar xarajatlariga qancha mablagʻ ajratilishini bilmoqchi bolsangiz, shu yerga murojaat qiling.
  3. Talabaning sogʻliq, javobgarlik uchun va shaxsiy sugʻurta xarajatlari qoplab beriladi.

Odatda qisqa kurslarga qatnashish kontrakt toʻlovi DAAD stipendiyasidan toʻgʻridan-toʻgʻri chegirib tashlanadi, shuning uchun talabaga stipendiyaning kurs toʻloviga toʻlangandan qolgan qismi beriladi.

Dastur haqida batafsil: shu yerda va shu yerda tanishish mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod magistratura yoki bakalavr bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi va yoshi kamida 18 yosh boʻlishi zarur.
  • Bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar 3 yoki 4-kursda oʻqiyotgan boʻlishlari zarur.
  • Nomzod nemis tilini kamida A2 darajasida bilishi zarur. Hujjat topshirish jarayonida nomzodning nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (sertifikat) ham taqdim etilishi kerak boʻladi, bu hujjat olinganiga 1 yildan oshmagan boʻlishi zarur. Nemis tilini bilish darajasini onSET-Deutsch, TestDaF, Goethe Institut–Nachweis, DSD, DSH, telc Deutsch, ÖSD-Zertifikat sertifikatlari tasdiqlashi mumkin.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Universitet til kursiga hujjat topshirish 2020-yil 1-iyulgacha. Grantga hujjat topshirish 2019-yilning 15-sentabridan 1-dekabriga qadar davom etadi. Shu sababli hujjatlarni imkon qadar erta topshirgan ma’qul.

  1. Universitetga arizani: shu yerda topshiring.
  2. Ariza qismiga oʻtishdan oldin portalda roʻyxatdan oʻtish kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqida toʻliq: shu yerda tanishing.
  3. Grantga hujjat topshirish DAAD portali orqali onlayn tarzda: shu yerda amalga oshiriladi.

Ariza topshirishda portalga quyidagi hujjatlarni yuklash kerak:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume (nemis tilida).
  3. Motivatsion xat (nemis tilida).
  4. Baholar varagʻi/diplom ilova/reyting daftaridan koʻchirma (nemis yoki ingliz tilida).
  5. Agar bor boʻlsa, universitet diplomi nusxasi (magistrlar uchun).
  6. Ingliz/nemis tili sertifikat(lar)i.
  7. Undan tashqari, hujjat joʻnatiladigan pochta manziliga sizni yaxshi biladigan biror oqituvchi tomonidan siz haqingizda ma’lumot ham joʻnatilishi kerak (“reference”). Bu haqida ariza toʻldirish jarayonida batafsil yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatiladi.

Onlayn ariza topshirilgach, DAAD portali tomonidan “Application summary hujjati tayyorlab beriladi, siz shu hujjatni chop etib, pochta orqali joʻnatishingiz yoki oʻzingiz quyidagi manzilga yetkazishingiz kerak boʻladi:

Embassy of the Federal Republic of Germany

Cultural Department

Sharaf Rashidov Ko´chasi 15

700017 Taschkent

Nomzodlar ilgari erishgan yutuqlari, motivatsion argumentlari va nemis tilini bilish darajalariga koʻra saralanadilar. Grant dasturiga qabul qilingan talabalar DAAD tomonidan oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha turli nemis universitetlari kurslariga taqsimlanadilar.

Ma’lumot uchun: kurs@tu-ilmenau.de, daadhk@hkbu.edu.hk manziliga murojaat qilish yoki tashkilotchi rasmiy saytdagi hamda kurs sahifasidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, barcha ma’lumotlarni Toshkentdagi Germanya elchixonasidan ham olish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!