×

Germaniya: Transsectoral PeaceLab yozgi maktabi; qisman grant – 30ta


Grant

MUHLAT

10.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3022 marta

Eastern Partnership (Yevropa Ittifoqi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va ularga qo’shni 6 ta sharqiy davlatlar o’rtasida imzolangan hamkorlik dasturi) hudidiga bag’ishlab har yili o’tkazib kelinadigan Viadrinicum yozgi maktabi uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Bu yilgi yozgi maktabda Eastern Partnership hududi, ayniqsa Ukrainada tinchlikni ta’minlash va nizolarni bartarash etishga e’tibor qaratiladi. Yozgi maktab dasturidagi seminar, ma’ruza va boshqa mashg’ulotlarda xotira va o’zlik tushunchalarining Eastern Partnership hududida tinchlikni ta’minlash jarayonidagi o’rniga urg’u beriladi.

Yozgi maktab 2018-yil 20-avgustdan 2-sentabrgacha Germaniyaning Frankfurt shahridagi Viadrina Yevropa Universitetida bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

Talabalar, doktorantlar, nodavlat tashkilotlar faollari va san'at vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar tomonidan 30 tagacha qatnashchining 100-700 yevro atrofidagi parvoz xarajarlati qoplab berilishi mumkin.

Talablar:

Quyidagi talablarga mos bo’lgan nomzodlar yozgi maktab uchun ariza topshirishlari mumkin:

  1. Nomzod talaba, bo’lajak fan doktori, nodavlat tashkilot faoli yoki san’at vakili bo’lishi kerak;
  2. Nomzodning yoshi 35 dan oshmagan bo’lishi zarur;
  3. Nomzod tinchlikni ta’minlash va nizolarni bartaraf etishga bo’lgan turli sektorlarni o’z ichiga olgan sohalararo yondashuv usullariga qiziqishi kerak;
  4. Yozgi maktab mashg’ulotlarida faol ishtirok etish uchun yetarli ingliz tili darajasiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi maktabga hujjat topshirish uchun ariza topshirishning o’zi kifoya. Bu arizada quyidagilar kiritilishi uchun mahsus qismlar borligini eslatib o’tamiz:

  1. CV,
  2. Yozgi maktabga qiziqishingiz sabablarini ko’rsatuvchi motivatsion xat,
  3. Va ba’zi savollarga javoblar.

Hujjat topshirish uchun ariza formasini to’ldirib, pdf formatda viadrinicum@europa-uni.de elektron manziliga 2018-yil 10-iyundan kechiktirmay jo’nating.

 

Eslatmalar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!