×

Germaniya: Xarajatlar to‘liq qoplanadigan 3 kunlik tanlov!


Grant

MUHLAT

05.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3919 marta

Germaniyaning Bertelsmann media, servis va ta’lim tashkiloti «Talent Meets Bertelsmann» tanlovida qatnashishga taklif etadi. Ushbu tanlov biznes, iqtisod, ijtimoiy-gumanitar fanlar va media-menejment, informatika sohalari bo`yicha bakalavr, magistratura, MBA talabalari uchun moʻljallangan. Tanlovda innovatsion va kreativ biznes-modellar, ilg`or raqamli tendensiyalar ishlab chiqiladi hamda ommaga taqdim etiladi.

«Talent Meets Bertelsmann» tanlovi 2008-yildan buyon o`tkazib kelinadi. Tanlov xizmat ko`rsatish tarmoqlariga har yili yangidan-yangi g`oyalarni havola etmoqda.

Tanlov 2019-yilning 24-26-iyun kunlari Germaniyaning Berlin shahridagi Bertelsmann Unter den Linden 1 ofisida bo‘lib o‘tadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura, MBA talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda ishtirok etish uchun stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodlarning Germaniyaning Berlin shahrida 2019-yilning 24-26-iyun kunlari yashash uchun mehmonxona bilan ta’minlanadi. Transport xarajatlari uchun 500 yevro pul beriladi. Eng yaxshi g`oyalar va loyihalar taqdim etib g`olib bo`lgan komandalar uchun Bertelsmann shahriga bepul sayohat uyushtiriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod biznes, iqtisod, ijtimoiy-gumanitar fanlar va media-menejment, informatika sohalari bo`yicha bakalavr, magistratura, MBA talabasi bo`lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  4. Nomzodlar innovatsion va kreativ biznes-modellar, ilg`or raqamli tendensiyalarni ishlab chiqa olisi kerak.
  5. Nomzod a’lochi va kuchli analitik hamda konseptual qobiliyatga ega bo`lishi zarur.
  6. Nomzod universitetdan tashqaridagi OAV va media loyihalarga qiziqish bildirishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun ariza onlayn tarzda topshiriladi. Nomzodlarning arizalari 2019-yil 5-mayga qadar qabul qilinadi. Arizaga so`ralgan hujjatlarni qo`shib jo`natish kerak.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza onlayn tarzda ingliz tilida yozilishi kerak.
  2. CV/resume.
  3. Motivatsion xat.
  4. Ingliz tili sertifikati.
  5. Yuqoridagi hujjatlar topshirb bo`lingandan keyin video-suhbat yoki telefonda suhbat o`tkaziladi.

Hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.

Nomzodlar yangi innovatsion g`oyalar, loyiha va yechimlarni, biznes-modellarni ishlab chiqa olishi, analitik va konseptual qobiliyati, til bilishi hamda ijodkorligi, a’lo baholari kabilarga asosan saralanadi.

Natijalar suhbatdan keyin tez vaqt ichida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: Judith Gördes yoki Pamela Taylor: talentmeetsbertelsmann@bertelsmann.de

Manzil:

Bertelsmann SE & Co. KGaA – Corporate Center

Germany, Berlin, 10019

Job ID: 31365

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!