×

Germaniya: Yosh olimlar uchun 12 500 yevrolik dastur; farzandlarga alohida 3 000 yevro stipendiya; joy – 20 tagacha!


Grant

MUHLAT

23.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1936 marta

Germaniyaning Joachim Herz Stiftung Jamg`rmasi Add-On Fellowships for interdisciplinary Life Science dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur tadqiqot mudati tugaguncha beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar bir necha fanlarni integratsiyasi asosida izlanishlar olib boradilar. Grant 20 nafar nemis ilm-fani va boshqa fanlarni bilan uyg`unlashtirgan life science sohasi vakillariga beriladi. Ishtirokchilarga farzandlar uchun moddiy yordam ajratiladi.

Grant nomzodning tadqiqot uchun qo`shimcha attestatsiya, laboratoriya ishlari va konferensiyalarda qatnashish xarajatlarini qoplash uchun qo`shimcha mablag` sifatida beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD va postdoktorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Loyihaning davomiyligiga qarab taqdiqot muddati tugaguncha Germaniyada tadqiqot olib borish imkoni beriladi.
  2. Nomzodga konferensiyalarda ishtirok etish, attestatsiya, laboratoriya ishlarida qatnashish xarajatlarini qoplash uchun 12 500 yevro moliyaviy mablag` ajratiladi.
  3. Nomzod o`qish paytida farzandlari bilan yashayotgan bo`lsa, 3000 yevrogacha pul qo`shiladi.

Grant nomzodning yashash xarajatlarini qoplamaydi. Ularni moliyalashtirishni nomzodning o`zi amalga oshirishi kerak. Grant shartlari batafsil: SHU YERDA ko`rsatilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Germaniyaning universitetlaridan birida tadqiqotchi sifatida ro`yxatda turishi kerak.
  • Nomzod tegishli mutaxassislik bo`yicha yosh olim: PhD bosqichida o`qiyotgan yoki postdoktor boʻlishi kerak.
  • Taqdim etilayotgan loyiha fanlararo tadqiqot bo`lishi lozim.
  • Grant yashash xarajtlarini qoplamaydi. Shuning uhun agar nomzod boshqa universitetdan stipendiya olayotgan bo`lsa, bu grantga ariza berish huquqi bor-yo`qligini tekshirib olishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini va/yoki nemis tili yaxshi bilishi hamda a’lochi bo`lishi zarur.
  • Nomzod o`z sohasi bo`yicha BA/MA/PhD darajasiga ega bo`lishi lozim.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: SHU YERDA.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 23-iyungacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza va unga ilova qilinadigan barcha hujjatlar ingliz tilida bo`lishi kerak. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF formatida qabul qilinadi.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn tarzda to`ldirilgan ariza.
  2. Motivatsion xat (1 betgacha).
  3. CV/resume.
  4. Description of the research (1 betgacha).
  5. Supporting letter (tavsiyanoma).
  6. BA/MA/PhD diplomi nusxasi.
  7. Qabul qilayotgan tashkilot (universitet/ilmiy tekshirish instituti) tomonidan ma’lumotnoma so`ralishi mumkin.
  8. Til sertififkati so`ralishi mumkin. Odatda IELTS 7,0-7,5 va/yoki nemis tili CEFR bo`yicha C1 talab qilinadi.

Barcha hujjatlar haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Fanlararo tadqiqotlar tushunchasini to`g`ri va soda izohlab berishi.
  • Nomzodning fanlararo tadqiqot olib borish malaka va ko`nikmalarini rivojlantirish ishtiyoqi.
  • Ajratiladigan mablag`ni maqsadli sarflash rejasi.
  • Fond tomonidan fanlararo tadqiqotlar bo`yicha o`tkaziladigan tadbirlarga qiziqish.

Natijalar saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga dedlayndan keyin tez fursat ichida e’lon qilinadi. Grant esa noyabr yoki dekabrda beriladi.

Bogʻlanish uchun:

Laura Von Berg

Telefon: +49 (40) 533295-97

Elektron pochta: Lberg@joachim-herz-stiftung.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!