×

Germaniya: Yosh tadbirkorlar uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

25.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3444 marta

Westrerwelle Young Founders Programme har yili rivojlanayotgan va yangi davlatlardan bo’lgan favqulodda iste’dodli 25 nafar tadbirkor yoshlarga grantlar taqdim etadi. Ushbu dasturga qo’shimcha ravishda Germaniyaning Berlin shahrida the Young Founders Conference ham o’tkaziladi. Bu dasturning maqsadi dunyoning turli davlatlardan bo’lgan qobiliyatli tadbirkorlarga bir-birlari bilan tanishish va hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish bo’lib, dasturda ishtirok etish uchun hozirda arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur quyidagi imkoniyatlarni o’z ichiga oladi:

  1. 2018-yil 16-20-oktabrda bo’lib o’tadigan konferensiya;
  2. Murabbiylik dasturi-masofadan turib olib boriladigan murabbiylik soatlari har oy bo’lib o’tadi, bunda Westerwelle Young Founders and tajribali tadbirkorlar qatnashchilarga saboq berishadi;
  3. Boshqa tadbirkorlik konferensiyalariga grant va taklifnomalar;
  4. Qatnashchilar bilan aloqalar.

Grant kimlar uchun?

Tadbirkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The Young founders Conference’da qatnashish uchun sayohat, oziq-ovqat va turar-joy xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi. Konferensiyadan keyin bir yil davomida har oy olib boriladigan murabbiylik mashg’ulotlari qatnashchilar uchun tekin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod kamida 5 yildan beri o’zining faol biznesiga ega bo’lishi kerak;
  2. Nomzod tashkil qilgan tadbirkorlik faoliyati yangi yoki rivojlangan davlat hududida bo’lishi yoki shunday davlatlarga e’tibor qaratishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak.
  4. Nomzodning yoshi 20-35 oralig’ida bo’lishi kerak.
  5. Nomzodlarning tadbirkorlik faoliyati foyda uchun yuritilayotgan bo’lishi (for-profit business) kerak.
  6. Barcha xalqaro nomzodlarda safar uchun muhim xujjatlar bo’lishi kerak (viza va tibbiy sug’urta kabi).

Dasturga qabul jarayoni:

Dastuga qabul jarayoni quyidagicha bo’ladi:

  • Online arizalar topshirilgach, ular ko’rib chiqiladi va nomzod uch bosqichli qabul jarayonga yo’l oladi. Xujjat topshirish iyun oyigacha olib boriladi. Birinchi saralashdan otgan nomzodlarga elektron pochta orqali keyingi ko’rsatmalar beriladi.
  • Keyingi bosqich Skype orqali o’tkaziladigan suhbat. Bu turdan ham o’tgan nomzodlarga natijalar elektron pochta orqali e’lon qilinadi.

Eslatmalar

  • Natijalar 2018-yil 10-avgustda e’lon qilinadi
  • Oziq ovqat, sayohat va turar-joy xarajatlaridan boshqa xarajatlar (viza va hkz.) qatnashchi tomonidan qoplanishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!