×

Germaniya: magistraturada o’qish va oyiga 1575 yevro maosh olib ishlash imkoniyati


Grant

MUHLAT

15.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

5718 marta

Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan  Ludwig Maximilians University Munich universitetining International Max Planck Research School on Astrophysics (Xalqaro Maks Plank Astrofizika Tadqiqot fakulteti) fakultetidagi turli yo’nalishlar bo’yicha PhD kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Bu kurslarga qabul qilingan iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida moddiy qo’llab-quvvatlash dasturi ham ishlab chiqilgan bo’lib, bu dasturga ko’ra o’qishga qabul qilingan talabalar bilan ish shartnomasi tuziladi.

Universitetda quyidagi kurslar uchun grant yutish mumkin:

  1. Infrared-Astronomy (MPE)
  2. High Energy Astrophysics (MPE)
  3. Optical and Interpretative Astronomy (MPE)
  4. Center for Astrochemical Studies (MPE)
  5. Extragalactic Astronomy (USM)
  6. Computational Astrophysics (USM)
  7. Stellar Astrophysics – Expanding Atmospheres of Hot Stars (USM)
  8. Computational Star and Planet Formation Group (USM)
  9. Plasma-Astrophysics (USM)
  10. Young Stars & Star Formation Group (USM)
  11. Cosmology and Structure Formation (USM)
  12. Extragalactic Astrophysics and Cosmology (MPA)
  13. High Energy Astrophysics (MPA)
  14. Information Field Theory (MPA)
  15. Supernovae (MPA)
  16. Stellar Astrophysics (MPA)
  17. From planets and star formation to stellar structure (ESO)
  18. From ISM, stellar populations, and clusters to galaxies and cosmology (ESO)

Bu dastur doirasida 25 nafargacha talabaga moddiy yordam ko’rsatish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

O’qishga gabul qilingan va moddiy yordam dasturida ishtirok uchun munosib topilgan talabalar bilan ish shartnomasi tuziladi va ularga 1575 yevro oylik maosh to’lanadi. Maoshning miqdori nomzodning oilaviy ahvolidan kelib chiqib belgilanadi va uch yilgacha bo’lgan muddat davomida to’lanadi.

Talablar:

Nomzodga talablar

PhD kurslariga barcha millat vakillari fuqaroligidan qat’iy nazar qabul qilinishlari mumkin. Dasturga va kursga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Barcha nomzodlar Fizika yoki Astrofizika bo’yicha Master of Science (MSc) darajasiga ega bo’lishlari kerak.
  2. Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishlari kerak. nomzodlardan TOEFL IBT’dan kamida 94 yoki IELTS’dan kamida 7 ballga ega bo’lish talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun nomzod 2018-yil 15-noyabrgacha onlayn ariza to’ldirishi kerak. ariza to’ldirish Jarayonida quyidagi hujjatlarni ham yuklash keral bo’ladi:

  1. To’ldirilgan ariza formasi.
  2. 3 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalarni tavsiya beruvchi shaxslarning o’zlari yuklashlari kerak bo’ladi. Tavsiyanomalarni yuklashning so’nggi muhlati 2018-yil 21-noyabr.
  3. PDF formatda tayyorlangan CV.
  4. Barcha diplomlar va ularning ilovalari nusxalari. Agar nomzod ilk saralashdan muvaffaqqiyatli o’tib suhbatga taklif qilinsa, shu hujjatlarning asl nusxalarini ham ko’rsatishi kerak bo’ladi.
  5. Magistratura dissertatsiyasining tezisi (master thesis) dan ingliz tilida yozilgan parcha.
  6. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat. Agar TOEFL sertifikati nusxasini topshirayotgan bo’lsangiz, uni PDF formatdagi nusxasini taqdim etish kerak.

Onlayn ariza topshirishdan oldin quyidagi muhim bosqichlarning skanerlangan PDF holdagi ko’rinishlari bilan tanishib chiqing, shunda ariza to’ldirish jarayoni osonlashadi:

Ariza formasi

Kursga qabul uchun ariza formasi

Tavsiyanoma formasi

Boshqa hujjatlar

Universitet onlayn qabul tizimi yangilanganligi sababli ariza to’ldirish jarayonida ba’zi muammolar kelib chiqishi mumkin. Shunday hollarda office @ imprs-astro.mpg.de elektron manziliga murokaat qilishingiz mumkin. Himoyalangan (encrypted) PDF fayllarni tizimga yuklash ariza topshirish jarayonida muammolarga sabab bo’ladi, shuning uchun biror faylni himoyalangan deb o’ylasangiz, uning PDF nusxasni chop etib, chop etilgan hujjatni yana skaner orqal nusxalashingiz mumkin. Eslatma: IELTS va TOEFL kabi sertifikatlarning rasmiy PDF nusxalari ham himoyalangan bo’ladi. Ariza topshirish jarayonini yaxshroq tushunish uchun maxsus videoni tomosha qilishingiz ham mumkin.

Nomzodlar baholari va tavsiyanomalarda ularga nisbatan bildirilgan fikrlanga asoslangan holda saralanadi.

Ma’lumot uchun office@imprs-astro.mpg.de elektron manziliga yoki +49 89 30000-3650 raqamiga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!