×

Germaniyada 4 oylik stajirovka dasturi; 1 593 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

20.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3147 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti biznes boshqaruvi, jurnalistika va kommunikatsiyalar mutaxassislarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur Germaniyaning Bonn shahrida joylashgan Deutsche Post DHL Groupning  Corporate FIRST CHOICE Officeda ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar ijtimoiy tarmoqlar hamda IntraNet tarmogʻida ish olib borishlari kutilmoqda. Dastur 2019-yil 10-sentabrdan 2020-yil 10-sentabr oraligʻida 4 oy (48 hafta) davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Biznes boshqaruvi, jurnalistika va kommunikatsiyalar mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 4 oy (48 hafta) davomida turar joy ajratiladi hamda oylik 1 593 yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • 18 dan 30 yoshgacha nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod biznesni boshqarish/jurnalistika/kommunikatsiya boʻyicha mutaxassis boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod FIRST CHOICE portalida ishlashi kutilmoqda. Shu sababli u Sharepoint, Microsoft Excel, Microsoft Powerpoint, Market Research, Graphics And Design, Time Management, Content Management Systems, Social Media Management, Digital Marketingda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim. Viza soʻrovi uchun: shu yerga murojaat qiling.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 20-iyungacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda  tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga olid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!