×

Germaniyada 6 oylik tadqiqot dasturi; 1300 yevrogacha stipendiya!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2816 marta

Germaniyaning Ruhr-Universität Bochum International Student Fellowship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitet tarkibidagi International Graduate School of Neuroscience da SFB 874 – hamkorlikda tadqiqotlar olib borish uchun beriladi. Amaliyot dasturi 6 oygacha moʻljallangan. Amaliyot dasturi doirasida Neuroscience bo`yicha tadqiqotlar o`tkaziladi. Ishtirokchilarga oylik stipendiya ajratiladi. Grant yutib olgan nomzodlar yuqori bilimli va salohiyatli, neyrvologiya sohasida tadqiqotlarda qatnashgan, ilmiy ish olib borayotgan bo`lishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Nervologiya, kimyo, biologiya, muhandislik, matematika, psixologiya kabi nervologiya fanlar bilan bogʻliq mutaxassisliklardan biri boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. 6 oygacha har oyda 1300 yevrogacha stipendiya beriladi.
  2. SFB 874 ilmiy tadqiqotlariga nazariy va amaliy tayyorgarlik.
  3. Zamonaviy texnologiya bilan ta’minlanadi.
  4. Taniqli xalqaro olimlar bilan ishlash imkoniyati yaratiladi.
  5. Boxum shahrida yashash va nemis madaniyati bilan yaqindan tanishish mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod nervologiya (neuroscience), kimyo, biologiya, muhandislik, matematika, psixologiya kabi nervologiya fanlar bilan bog`liq mutaxassisliklardan biri bo`yicha magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod SFB 874 ilmiy tadqiqotlariga qiziqishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va a’lochi bo`lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish sfb874-irtg@rub.de elektron pochtasiga ariza va ilova qilinadigan hujjatlarni joʻnatish orqali amalga oshiriladi. Hujjat topshirish yil davomida istalgan vaqt amalga oshiriladi.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  • Motivatsion xat. Xatda nomzodning SFB 874 taqdiqotlariga qiziqishi, oʻzi haqidagi ma’lumotlar, yutuqlari, nashr ishlari va hokazolar yoziladi.
  • CV/rezyume.
  • Diplomi nusxalari. Diplomlar nemis oliygohlarida qabul qilish talablariga mos kelishi kerak.
  • Diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati.
  • Ikkita tavsiyanoma beradigan shaxslarning kontaktlari.

Hujjatlar yil davomida qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • SFB 874 taqdiqotlariga qiziqishi
  • A’lo baholari.
  • Diplom/dissertatsiya ishining SFB 874 taqdiqotlariga mos kelishi/
  • Moddiy yordamga muhtojligi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: International Student Fellowship

Elektron pochta: sfb874-irtg@rub.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!